QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят2

عٓسٓقٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayn. Siyn. Qoof.Айн. Сийн. Қооф.Alauddin Mansour: Ayn, Sin, Qof.Айн, Син, Қоф.

483-sahifa · 25-juz · 49-hizb483-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عٓسٓقٓAyn. Siyn. Qo-of.Айн. Сийн. Қо-оф.
TafsirТафсир

Qurʼoni Karim suralari boshida keladigan hurufi muqattaot–kesilgan harflar haqida avvalgi suralarda batafsil gapirildi. «Shuuro» surasi ham ana oʻsha harflardan ayrimlari bilan boshlanmoqda.

Soʻngra Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, Alloh taolo u kishiga ham, u kishidan oldin oʻtgan Paygʻambarlarga ham ushbu tariyqa ila vahiy qilishi uqtirilmoqda.

Yaʼni, oddiy alifbo harflaridan tashkil topgan soʻzlar va mazkur soʻzlardan tashkil topgan gaplar vahiy qilib yuborildi. Hamma Paygʻambarlarga, shu jumladan, Muhammad alayhissalomga vahiy yubora±tgan zot ham Alloh. Aziyz–gʻolib va qudratli zot ham Alloh. Oʻta hikmatli zot ham Alloh.

Alloh taoloning ushbu ikki sifati–aziyzligi va oʻta hakiymligi suraning avvalidan oxirigacha alohida koʻrinib turadi. Alloh taolo aziyzu hakiym boʻlgani uchun: