QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят24

أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۖ فَإِن يَشَإِ ٱللَّهُ يَخْتِمْ عَلَىٰ قَلْبِكَ ۗ وَيَمْحُ ٱللَّهُ ٱلْبَـٰطِلَ وَيُحِقُّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَـٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolg`on to`qidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh O`z so`zlari ila botilni yo`q qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani o`ta bilguvchidir.Ёки улар: «У (Муҳаммад) Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиди», дейдиларми?! Бас, агар Аллоҳ хоҳласа, қалбингга муҳр босур ва Аллоҳ Ўз сўзлари ила ботилни йўқ қилиб, ҳақни ҳақ қилур. Албатта, У диллардаги нарсани ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: Yoki ular: «(Muhammad Qurʼon Alloh tomonidan nozil boʻlgan, deb) Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqidi», deydilarmi?! (Undoq emas), chunki agar (siz yolgʻon toʻqiydigan boʻlsangiz) Alloh xohlasa dilingizni muhrlab qoʻyur. Alloh Oʻz soʻzlari bilan botil-nohaq (gaplar)ni yoʻq qilur va Haqni haq qilur — roʻyobga chiqarur. Albatta U dillarni egallagan (sirlar)ni bilguvchidir.Ёки улар: «(Муҳаммад Қуръон Аллоҳ томонидан нозил бўлган, деб) Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиди», дейдиларми?! (Ундоқ эмас), чунки агар (сиз ёлғон тўқийдиган бўлсангиз) Аллоҳ хоҳласа дилингизни муҳрлаб қўюр. Аллоҳ Ўз сўзлари билан ботил-ноҳақ (гаплар)ни йўқ қилур ва Ҳақни ҳақ қилур — рўёбга чиқарур. Албатта У дилларни эгаллаган (сирлар)ни билгувчидир.

486-sahifa · 25-juz · 49-hizb486-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَقُولُونَdeydilarmi?!дейдиларми?!ٱفْتَرَىٰu toʻqidiу тўқидиعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًۭا ۖyolgʻonёлғонفَإِنbas, agarбас, агарيَشَإِxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳيَخْتِمْmuhr bosurмуҳр босурعَلَىٰ-ga-гаقَلْبِكَ ۗqalbinggaқалбинггаوَيَمْحُva yoʻq qilurва йўқ қилурٱللَّهُAllohАллоҳٱلْبَـٰطِلَbotilniботилниوَيُحِقُّva haq qilurва ҳақ қилурٱلْحَقَّhaqniҳақниبِكَلِمَـٰتِهِۦٓ ۚOʻz soʻzlari ilaЎз сўзлари илаإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уعَلِيمٌۢoʻta bilguvchidirўта билгувчидирبِذَاتِnarsaniнарсаниٱلصُّدُورِdillardagiдиллардаги
TafsirТафсир

Gʻofil insonlarning u zot sollallohu alayhi vasallamni Paygʻambar deb tan olmasliklarning asosiy sababi shuki, Alloh u kishiga nozil qilgan Qurʼonni ham ilohiy vahiy deb tan olmaydilar. Ushbu masalani qanday tushunish lozimligi quyidagi jumladan bilinadi:

«Oʻki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan ±lgʻon toʻqidi», deydilarmi?!»

Yaʼni, iymonsizlar: Muhammad Allohga nisbatan ±lgʻon toʻqidi, uni Alloh Paygʻambar qilib yubormagan boʻlsa ham, men Allohning Paygʻambari boʻldim, dedi, unga Alloh vahiy yubormagan boʻlsa ham, Alloh menga vahiy yubordi, deb aytdi, deydilarmi?!

Ularning bu daʼvolari botil. Chunki, Alloh taolo Oʻziga nisbatan ±lgʻon toʻqigan va Paygʻambarlik, daʼvosini qilgan kimsani tek qoʻyib qoʻymaydi. Unday kishini darhol sharmanda qiladi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham bundan istisno emaslar. Alloh u kishiga:

«Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur», demoqda.

Demak, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham Allohga nisbatan ±lgʻon toʻqib, vahiy kelmasa-da, menga vahiy keldi, deya±tgan boʻlsalar, Alloh taolo u kishining qalbiga muhr bosar, Qurʼonni u kishining dillaridan yoʻq qilib qoʻyar edi. Oʻshanda u zot Qurʼonga oʻxshash narsani oʻzlaridan keltira olmay turaverardilar. Shunday qilib:

«Alloh Oʻz soʻzlari ila botilni yoʻq qilib, haqni haq qilur».

Alloh taolo uchun hech bir narsa maxfiy emas, Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qalblarida nima borligini ham oʻzi yaxshi biladi.

«Albatta, u dillardagi narsani oʻta bilguvchidir.»