QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят23

ذَٰلِكَ ٱلَّذِى يُبَشِّرُ ٱللَّهُ عِبَادَهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا ٱلْمَوَدَّةَ فِى ٱلْقُرْبَىٰ ۗ وَمَن يَقْتَرِفْ حَسَنَةً نَّزِدْ لَهُۥ فِيهَا حُسْنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ شَكُورٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`sha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina so`rayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga o`sha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, Shakurdir.Ана ўша, иймон келтириб, солиҳ амалларни қилган бандаларига Аллоҳ бераётган хушхабардир. (Эй Муҳаммад): «Мен сиздан бу учун ажр эмас, фақат қариндошлик меҳринигина сўрайман», деб айт. Ким яхшилик қилса, Биз унга ўша ишида яхшиликни зиёда қилурмиз. Албатта, Аллоҳ ўта мағфиратли, Шакурдир.Alauddin Mansour: Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan bandalariga beradigan xushxabari ana shudir! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (daʼvatim) uchun ajr-mukofot soʻramayman, faqat qarindoshchilikdagi doʻstlik-yaqinliknigina (yaʼni, men sizlar bilan nasl-nasab jihatidan qarindosh boʻlganim haqqi-hurmati bu daʼvatimga toʻsqinchilik qilmasliklaringiznigina soʻrayman)». Kim biron chiroyli amal qilsa, Biz uning uchun oʻsha (chiroyli amali)da yana husni ziyoda qilurmiz (yaʼni, ziyoda savob ato eturmiz). Albatta Alloh magʻfirat qilguvchi, yaxshilikni bilguvchidir.Аллоҳ иймон келтирган ва яхши амаллар қилган бандаларига берадиган хушхабари ана шудир! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Макка мушрикларига) айтинг: «Мен сизлардан бу (даъватим) учун ажр-мукофот сўрамайман, фақат қариндошчиликдаги дўстлик-яқинликнигина (яъни, мен сизлар билан насл-насаб жиҳатидан қариндош бўлганим ҳаққи-ҳурмати бу даъватимга тўсқинчилик қилмасликларингизнигина сўрайман)». Ким бирон чиройли амал қилса, Биз унинг учун ўша (чиройли амали)да яна ҳусни зиёда қилурмиз (яъни, зиёда савоб ато этурмиз). Албатта Аллоҳ мағфират қилгувчи, яхшиликни билгувчидир.

486-sahifa · 25-juz · 49-hizb486-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَana oʻshaана ўшаٱلَّذِىshu narsakiшу нарсакиيُبَشِّرُxushxabar berurхушхабар берурٱللَّهُAllohАллоҳعِبَادَهُbandalarigaбандаларигаٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِ ۗsolih amallarniсолиҳ амалларниقُلsen aytсен айтلَّآemasэмасأَسْـَٔلُكُمْmen sizdan soʻraymanмен сиздан сўрайманعَلَيْهِbu uchunбу учунأَجْرًاajrажрإِلَّاfaqatфақатٱلْمَوَدَّةَmehriniginaмеҳринигинаفِى-da-даٱلْقُرْبَىٰ ۗqarindoshlikқариндошликوَمَنva kimва кимيَقْتَرِفْkasb qilsaкасб қилсаحَسَنَةًۭyaxshilikяхшиликنَّزِدْziyoda qilurmizзиёда қилурмизلَهُۥungaунгаفِيهَاoʻsha ishidaўша ишидаحُسْنًا ۚyaxshilikniяхшиликниإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭoʻta magʻfiratliўта мағфиратлиشَكُورٌoʻta shukr qilguvchiўта шукр қилгувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqorida zikr qilingan oʻsha narsalar–jannat bogʻlari va u yerlarda moʻmin bandalar uchun xohlagan narsalari boʻlishi ular uchun katta fazl boʻlishi:

«Iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh bera±tgan xushxabardir».

Keltirgan iymonlari va qilgan solih amallari mukofoti sifatidagi bu xushxabar aniq katta fazlning xushxabaridir. Ushbu xushxabarni odamlarga Alloh tomonidan U zotning elchisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam yetkazmoqdalar. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bu ishni Alloh taoloning amri ila, Uning roziligi yoʻlida qilmoqdalar. Boshqa gʻarazlari yoʻq. Kelgusi jumlada ushbu haqiqatni kishilarga yetkazib qoʻyish u zot sollallohu alayhi vasallamning oʻzlariga topshirilmoqda:

«(Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina soʻrayman», deb ayt».

Ushbu jumla maʼnosi haqida ulamolarimiz bir necha xil fikrlar aytishgan. Misol uchun, Saʼdiy ibn Jubayr roziyallohu anhu «qarindoshlik mehri» iborasini Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlari, deb taʼviyl qilganlar. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu esa, Quraysh urugʻlari ichidan har biri turli yoʻllar bilan Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qarindoshlik rishtalari ila bogʻlanar edi, shuning uchun bu jumlada u kishi qurayshliklarga, daʼvatlari uchun ulardan ajr soʻramasliklari, balki qarindoshlik haq-hurmatini oʻrniga qoʻyishlarini soʻrayotganlari ifodalangan, deydilar. Bundan, qarindoshchiligimiz hurmati uchun, mening ishimga qarshi chiqmanglar, daʼvatim yoʻlini toʻsmanglar, degan maʼno chiqadi. Yaʼni, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam kishilardan ularni jannat bogʻlariga, ulardagi xohlagan narsalaridan bahramand qiluvchi ulugʻ fazlga erishtiruvchi daʼvatlari uchun ajr-haq, molu dun± berishni soʻramaydilar, Makka ahlidan faqat qarindoshlik mehrini hurmat qilishni soʻraydilar, xolos. Ajrni esa, hammaga Alloh taolo beradi. Zotan, Uning Oʻzi:

«Kim yaxshilik qilsa, biz unga oʻsha ishida yaxshilikni zi±da qilurmiz», deb aytib qoʻygan.

Yaʼni, kim bir yaxshi ish qilsa, Alloh oʻsha kimsaga mazkur yaxshi ishining savobini koʻpaytirib beradi. Chunki:

«Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, Shakurdir».

Bandalarining qilgan gunohlarini behisob kechiradi. Bandalarining qilgan yaxshi ishlariga behisob ajru savob beradi.

Shunday boʻlishiga qaramay, koʻp odamlar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklarini tan olmayaptilar, Qurʼoni Karimga iymon keltirmayaptilar, unga amal qilmayaptilar.