QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят22

تَرَى ٱلظَّـٰلِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا كَسَبُوا۟ وَهُوَ وَاقِعٌۢ بِهِمْ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فِى رَوْضَاتِ ٱلْجَنَّاتِ ۖ لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zolimlarni o`zlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qo`rquvchi o`laroq ko`rasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat bog`laridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning o`zi katta fazldir.Золимларни ўзлари касб қилган нарсалари(азоби)дан қўрқувчи ўлароқ кўрасан. Ҳолбуки, у уларга тушгувчидир. Иймон келтириб, солиҳ амалларни қилувчилар эса, жаннат боғларидадир. Улар учун Роббилари ҳузурида хоҳлаган нарсалари бордир. Мана шунинг ўзи катта фазлдир.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kunida) u zolimlarni oʻzlari (hayoti dunyoda) kasb qilgan narsadan (yaʼni, kufru isyonlariga beriladigan jazolardan) qoʻrqib turgan hollarida koʻrursiz. U (jazo esa qoʻrqsalar-qoʻrqmasalar) ularga tushguvchidir! Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar esa jannatlarning bogʻlarida boʻlishib, ular uchun Parvardigorlari huzurida xohlagan narsalari bordir! Mana shu katta fazlu marhamatning oʻzidir!(Қиёмат Кунида) у золимларни ўзлари (ҳаёти дунёда) касб қилган нарсадан (яъни, куфру исёнларига бериладиган жазолардан) қўрқиб турган ҳолларида кўрурсиз. У (жазо эса қўрқсалар-қўрқмасалар) уларга тушгувчидир! Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар эса жаннатларнинг боғларида бўлишиб, улар учун Парвардигорлари ҳузурида хоҳлаган нарсалари бордир! Мана шу катта фазлу марҳаматнинг ўзидир!

485-sahifa · 25-juz · 49-hizb485-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَرَىkoʻrasanкўрасанٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarniзолимларниمُشْفِقِينَqoʻrquvchi oʻlaroqқўрқувчи ўлароқمِمَّاnarsalaridanнарсалариданكَسَبُوا۟oʻzlari kasb qilganўзлари касб қилганوَهُوَholbuki, uҳолбуки, уوَاقِعٌۢtushguvchidirтушгувчидирبِهِمْ ۗulargaуларгаوَٱلَّذِينَva ular esaва улар эсаءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниفِى-dadir-дадирرَوْضَاتِbogʻlaridaбоғларидаٱلْجَنَّاتِ ۖjannatжаннатلَهُمular uchunулар учунمَّاnarsalari bordirнарсалари бордирيَشَآءُونَxohlaganхоҳлаганعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّهِمْ ۚRobbilariРоббилариذَٰلِكَmana shuмана шуهُوَoʻziўзиٱلْفَضْلُfazldirфазлдирٱلْكَبِيرُkattaкатта
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada qi±mat kuni bandalarning holi qanday boʻlishi vasf qilinmoqda. Bu dun±da bandalar ikki toifaga ajraladilar. Biri kofir boʻlib, gunoh ishlar qilib oʻtadi. Ikkinchisi iymon keltirib, solih amallarni qilib oʻtadi. Tabiiyki, bu ikki xil toifaga mansub kishilarning oqibati ham bir xil boʻlmaydi. Qi±mat kuni, albatta, mazkur ikki toifaga mansub kishilarning holi tamoman qarama-qarshi boʻladi.

Ey inson, qi±mat kunida:

«Zolimlarni oʻzlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qoʻrquvchi oʻlaroq koʻrursan. Holbuki, u ularga tushguvchidir».

Kufr, shirk va is±nlari ila zulm qilgan kimsalar qiyomat qoim boʻlishi bilan, darhol, kasblari oqibatida boshlariga tushadigan azobdan qoʻrqa boshlaydilar. Holbuki, ular qoʻrqsalar ham, qoʻrqmasalar ham, qilgan kasblarining azobi ularga albatta tushuvchidir. Balki, qoʻrqib turganlarida±q tusha±tgan boʻladi.

Zolimlar bunday ayanchli holda turganlarida,

«Iymon keltirib, solih amallarni qilguvchilar esa, jannat bogʻlaridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir».

Tamoman boshqa holat. Moʻminlarda kofirlarga oʻxshab qoʻrqinch yoʻq. Ularga azob tusha±tgani ham yoʻq. Balki ular tinchlik, omonlikda xotirjam boʻlgan hollarida, jannatda, nima xohlasalar, oʻsha muhay±dir.

«Mana shuning oʻzi katta fazldir.»

Bundan ortiq fazl boʻlishi mumkinmi?!