أَمْ لَهُمْ شُرَكَـٰٓؤُا۟ شَرَعُوا۟ لَهُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنۢ بِهِ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةُ ٱلْفَصْلِ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi bo`lmaganida, albatta, ular o`rtasida hukm qilingan bo`lar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir.Ёки уларнинг диндан Аллоҳ изн бермаган нарсаларни шариат қилиб берган шерик(худо)лари борми?! Агар ажрим калимаси бўлмаганида, албатта, улар ўртасида ҳукм қилинган бўлар эди. Албатта, золим кимсалар учун аламли азоб бордир.Alauddin Mansour: Balki ular (Makka mushriklari) uchun (kufr va shirk kabi) Alloh buyurmagan narsalarni — «din»ni ularga shariat qilib bergan sheriklari — butlari bordir?! Agar (yaxshi-yomon amallar Qiyomat Kunida) ajralishi xususidagi Soʻz boʻlmaganida, albatta ularning oʻrtalarida (shu dunyodayoq) hukm qilingan boʻlur edi. Zolim kimsalar uchun shak-shubhasiz, alamli azob bordir.Балки улар (Макка мушриклари) учун (куфр ва ширк каби) Аллоҳ буюрмаган нарсаларни — «дин»ни уларга шариат қилиб берган шериклари — бутлари бордир?! Агар (яхши-ёмон амаллар Қиёмат Кунида) ажралиши хусусидаги Сўз бўлмаганида, албатта уларнинг ўрталарида (шу дунёдаёқ) ҳукм қилинган бўлур эди. Золим кимсалар учун шак-шубҳасиз, аламли азоб бордир.
Kofir, mushrik va osiylar nima uchun Allohning yoʻlidan yurmaydilar? Nima uchun Allohning diniga, uning shariatiga amal qilmaydilar?
«Oʻki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?!»
Dinsiz, iymonsiz kishilar, Allohning amriga yurmasdan, turli gunoh ishlarni qiladilar. Ular bu gunoh va maʼsiyatlarni nimaga asoslanib qiladilar? Gunoh ishlarga Alloh taolo izn bermagani, ularni manʼ qilgani juda ham ravshan. Ammo baʼzi odamlar gunoh va maʼsiyatlarni bemalol qilmoqdalar. Ularga mazkur gunoh va maʼsiyatlarni qilishga kim izn beradi? Allohga sherik keltirgan xudolarimi?! Oʻsha sherik xudolari ularga Alloh izn bermagan ishlarni qilishni qonunlashtirib berganmi?
Bunday tasarruflari bilan ular har qanday azobga sazovordirlar.
«Agar ajrim kalimasi boʻlmaganida, albatta, ular oʻrtasida hukm qilingan boʻlar edi.»
Yaʼni, agar bandalarning amallariga savob ±ki azob qi±matda boʻlishi haqidagi ajrim soʻzi boʻlmaganida, bandalar orasida hoziroq hukm qilinib qoʻyilgan boʻlar edi.
Kofir, mushrik va osiylarning hozircha tek qoʻyib qoʻyilishiga hech ajablanmaslik kerak. Qi±mat kuni:
«Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir».
Kufr, shirk va is±nlari bilan zulm qilgan kimsalar qi±mat kuni alamli azoblarga duchor boʻladilar. Oʻsha kunda: