QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят20

مَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلْـَٔاخِرَةِ نَزِدْ لَهُۥ فِى حَرْثِهِۦ ۖ وَمَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga o`shandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba bo`lmas.Ким охират ҳосилини истаса, биз унга ҳосилини зиёда қилиб берурмиз. Ким дунё ҳосилини истаса, биз унга ўшандан берурмиз ва унга охиратда бирон насиба бўлмас.Alauddin Mansour: Kim (oʻz amali bilan) Oxirat ekinini (yaʼni, savobini) istar ekan, Biz unga ekinini(ng hosilini) moʻl-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga oʻshandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun Oxiratda biron nasiba boʻlmas!Ким (ўз амали билан) Охират экинини (яъни, савобини) истар экан, Биз унга экинини(нг ҳосилини) мўл-зиёда қилурмиз. Ким дунё экинини истар экан, Биз унга ўшандан (дунё матоларидан) берурмиз ва унинг учун Охиратда бирон насиба бўлмас!

485-sahifa · 25-juz · 49-hizb485-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَنkimкимكَانَersaэрсаيُرِيدُistasaистасаحَرْثَhosiliniҳосилиниٱلْـَٔاخِرَةِoxiratningохиратнингنَزِدْziyoda qilib berurmizзиёда қилиб берурмизلَهُۥungaунгаفِى-da-даحَرْثِهِۦ ۖuning hosilidaунинг ҳосилидаوَمَنva kimва кимكَانَersaэрсаيُرِيدُistasaистасаحَرْثَhosiliniҳосилиниٱلدُّنْيَاdunyoningдунёнингنُؤْتِهِۦunga berurmizунга берурмизمِنْهَاoʻshandanўшанданوَمَاva boʻlmasва бўлмасلَهُۥungaунгаفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratdaохиратдаمِنbironбиронنَّصِيبٍnasibaнасиба
TafsirТафсир

Ushbu oyat maʼnosidan ham Alloh taoloning latiyf sifati yaqqol koʻrinib turibdi. Alloh xohlagan odamiga–u odam solihmi, solih emasmi, qobilmi, qobil emasmi, moʻminmi, kofirmi–bari bir, rizqni beraveradi. Agar Alloh kofir, fosiq, osiy va gunohkorlarga rizq bermasa, ular oʻzlariga oʻzlari rizq bera olmaydilar, shuningdek, Allohdan boshqa hech bir zot ularga rizq bera olmaydi. Binobarin, ular tezda halok boʻladilar. Natijada esa, ularni dun±ga keltirish, bu dun±da sinovdan oʻtkazish, oxiratga tayyorlanish va oxiratdagi hisob-kitob hikmatlari botil boʻlardi. Shuning uchun ham, Alloh taolo yaxshiga ham, ±monga ham rizqni beraveradi. Oxirat rizqini xohlab, oʻshanga yarasha harakat qilgan bandaga oxirat rizqini beradi. Bu dun± rizqini xohlab, oʻshanga yarasha harakat qilgan bandaga bu dun± rizqini beradi. Ammo, bu dun± rizqini istagan oʻsha bandaga oxiratdan hech qanday nasiba qolmaydi.

Oxirat hosilini istagan odam esa, bu dun± hosilidan ham bahramand boʻladi, boʻlganida ham, boshqalardan koʻra yaxshiroq bahramand boʻladi. Har kim oʻzi oʻylab, fikr yuritib, yuradigan yoʻlini tanlab olaversin. Bu ishlarning hammasi Allohning kitobiga, diniga amal qilishga bogʻliq. Allohga iymon keltirib, uning shariatiga amal qilganlar yaxshi oqibatga erishishlari turgan gap.

Ammo kofir, mushrik va xudosizlar nimaga amal qiladilar? Ular qaysi yoʻldan yuradilar?