ٱللَّهُ لَطِيفٌۢ بِعِبَادِهِۦ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu aziyzdir.Аллоҳ бандаларига лутфлидир. У хоҳлаган кишига ризқ берур. У зот кучлигу азийздир.Alauddin Mansour: Alloh bandalariga mehribondir, U Oʻzi xohlagan kishilarga (keng-moʻl) rizq berur. U kuchli, qudratlidir.Аллоҳ бандаларига меҳрибондир, У Ўзи хоҳлаган кишиларга (кенг-мўл) ризқ берур. У кучли, қудратлидир.
Bandalar takabburlik ila kufr keltirib, qi±mat kunini inkor etib, u haqida shak-shubha qilsalar ham, turli gunoh va is±nlar qilsalar ham, Alloh ularni azobga duchor qilishga shoshilmaydi. Chunki: «Alloh bandalariga lutflidir». Yaʼni, bandalari kim boʻlishidan qatʼinazar, ularga shafqat qiladi, yaxshilik koʻrsatadi, is±nlariga qaramay, ularga xayru barakalarini serob qilib qoʻyadi. «U xohlagan kishiga rizq berur.» Alloh taolo kimga xohlasa, oʻshanga rizqni koʻpaytirib beradi. Bu ish unga ogʻir emas. Chunki: «U zot kuchligu aziyzdir». Hamma narsaga kuchi yetadi, hammadan gʻolib keladi.