يَسْتَعْجِلُ بِهَا ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا ٱلْحَقُّ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلَّذِينَ يُمَارُونَ فِى ٱلسَّاعَةِ لَفِى ضَلَـٰلٍۭ بَعِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istaydilar, iymon keltirganlar esa, undan qo`rquvchidirlar, zotan, uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh bo`ling! Albatta, soat(qiyomat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.У(қиёмат)га иймон келтирмайдиганлар унинг тезлашини истайдилар, иймон келтирганлар эса, ундан қўрқувчидирлар, зотан, унинг шубҳасиз ҳақ эканини билурлар. Огоҳ бўлинг! Албатта, соат(қиёмат) ҳақида шубҳа қилгувчилар йироқ залолатдадирлар.Alauddin Mansour: (Qiyomatga) iymon keltirmaydigan kimsalar uni shoshtirurlar. Iymon keltirgan zotlar esa undan qoʻrquvchidirlar. Ular (Qiyomatning) haq eqanligini bilurlar. Ogoh boʻlingizkim, (Qiyomat) soati xususida talashib-tortishadigan kimsalar (Haq yoʻldan) yiroq zalolatdadirlar.(Қиёматга) иймон келтирмайдиган кимсалар уни шоштирурлар. Иймон келтирган зотлар эса ундан қўрқувчидирлар. Улар (Қиёматнинг) ҳақ эқанлигини билурлар. Огоҳ бўлингизким, (Қиёмат) соати хусусида талашиб-тортишадиган кимсалар (Ҳақ йўлдан) йироқ залолатдадирлар.
Qi±mat qoim boʻlishiga ishonmaydigan kishilar uning nima ekanini, dahshatlarini, azoblarini anglab yeta olmaydilar, shuning uchun ham, qi±mat haqida soʻz ketsa, «Qani oʻsha qi±mat, boʻladigan boʻlsa, tezroq boʻlmaydimi?» deb katta gapiradilar.
Iymon keltirgan kishilar esa, qi±mat nima ekanini, haq ekanini, uning dahshatlarini va azoblarini yaxshi biladilar, shuning uchun ham, ular doimo undan qoʻrqib turadilar.
«Ogoh boʻling! Albatta, soat(qi±mat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.»
Kim qi±mat qoim boʻlishiga shubha qilsa, u haqida talashibtortishsa, adashuvi chuqurlashib boraveradi. Ular bu ishda xatolarini tuzatmagunlaricha bu yiroq zalolatdan chiqa olmaydilar.
Qi±mat haq ekanligi, oʻsha paytda bandalar hisob-kitobga duchor boʻlishlari zikr qilinganidan keyin, kelgusi oyatlarda Alloh taoloning bandalariga nisbatan lutfu karamli ekanligi, osiy bandalarni azoblashga shoshilmasligi, qi±mat kuni Oʻzi bilib tasarruf qilishi haqida soʻz ketadi: