ٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلْكِتَـٰبَ بِٱلْحَقِّ وَٱلْمِيزَانَ ۗ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ قَرِيبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qiyomat) yaqindir!Аллоҳ ҳақ ила китобни ва (адолат) тарозуни нозил қилган Зотдир. Қаердан билурсан, эҳтимол соат(қиёмат) яқиндир!Alauddin Mansour: Alloh haqqi-rost boʻlgan Kitobni va tarozi-adolatni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursiz, ehtimol (Qiyomat) soati yaqindir. (Bas, gʻaflatda qolmay Alloh nozil qilgan Haq Kitob va adolatni mahkam ushlash lozimdir).Аллоҳ ҳаққи-рост бўлган Китобни ва тарози-адолатни нозил қилган Зотдир. Қаердан билурсиз, эҳтимол (Қиёмат) соати яқиндир. (Бас, ғафлатда қолмай Аллоҳ нозил қилган Ҳақ Китоб ва адолатни маҳкам ушлаш лозимдир).
Odamlar, oʻzlaricha, men haqman, deb talashib-tortishib yuribdilar. Har kim oʻzini haq, oʻzgani nohaq biladi. Har kim haqni ±ki nohaqni oʻz qarichi bilan oʻlchaydi. Holbuki:
«Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan zotdir».
Kim haq ekanini bandalar emas, balki bandalarning Robbi Alloh taolo aniqlaydi. Buning uchun U zot haq ila kitobni nozil qilib qoʻydi. Kim Alloh tushirgan kitobga muvofiq ish tutsa, haq boʻladi. Kim Alloh tushirgan kitobga xilof ish tutsa, nohaq boʻladi.
Shuningdek, bandalarning amallari, axloqlari, tasarrufotlari oʻsha tarozi oʻlchovida qiymatli boʻlsa, najot topadi. Kimniki vaznga ega boʻlmasa, halokatga uchraydi. Bularning hammasi qi±matda maʼlum boʻladi.
«Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qi±mat) yaqindir!»
Koʻz yumib ochguncha qoim boʻlib qolar. Shuning uchun, oʻsha soatga, oʻsha oʻlchovga doim tay±r turgin.