QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят16

وَٱلَّذِينَ يُحَآجُّونَ فِى ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا ٱسْتُجِيبَ لَهُۥ حُجَّتُهُمْ دَاحِضَةٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga g`azab bordir va ularga shiddatli azob bordir.Аллоҳ ҳақида унга ижобат қилинганидан кейин ҳам талашиб-тортишадиганларнинг ҳужжатлари Роббилари ҳузурида ботилдир, уларга ғазаб бордир ва уларга шиддатли азоб бордир.Alauddin Mansour: Alloh (dini) haqida uni qabul qilinganidan soʻng (odamlarni yoʻldan ozdirish uchun) talashib-tortishadigan kimsalarning hujjatlari (yaʼni, talashib-tortishishlari) Parvardigor nazdida botil-behudadir. Ularga (bu dunyoda) gʻazab, (Oxiratda esa) qattiq azob bordir.Аллоҳ (дини) ҳақида уни қабул қилинганидан сўнг (одамларни йўлдан оздириш учун) талашиб-тортишадиган кимсаларнинг ҳужжатлари (яъни, талашиб-тортишишлари) Парвардигор наздида ботил-беҳудадир. Уларга (бу дунёда) ғазаб, (Охиратда эса) қаттиқ азоб бордир.

485-sahifa · 25-juz · 49-hizb485-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva kimsalarва кимсаларيُحَآجُّونَtalashib-tortishadiganталашиб-тортишадиганفِىhaqidaҳақидаٱللَّهِAllohАллоҳمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَاshuшуٱسْتُجِيبَijobat qilinganidanижобат қилинганиданلَهُۥUngaУнгаحُجَّتُهُمْularning hujjatlariуларнинг ҳужжатлариدَاحِضَةٌbotildirботилдирعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّهِمْRobbilariРоббилариوَعَلَيْهِمْva ulargaва уларгаغَضَبٌۭgʻazab bordirғазаб бордирوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌۭazob bordirазоб бордирشَدِيدٌshiddatliшиддатли
TafsirТафсир

Yaʼni, moʻmin-musulmonlar Allohga va uning diniga ijobat qilganlaridan keyin, kofir va mushriklarning Alloh haqida va uning dini haqida turli yoʻllar bilan talashib-tortishishlari behudadir. Ular gaplarining haq ekanligiga har qancha hujjat-dalil keltirsalar ham, Allohning nazdida ularning hujjat-dalillari botildir.

Buning ustiga:

«...ularga gʻazab bordir».

Keltirgan kufrlari va qilgan gunohlari hamda nooʻrin talashib-tortishganlari uchun ularga Allohning gʻazabi boʻlgan.

«...va ularga shiddatli azob bordir.»

Qi±mat kuni oʻsha azobga duchor boʻlishlari aniq. Qi±mat kunining boʻlishi esa, haqdir. Uning qoim boʻlishiga hech qanday shak- shubha yoʻqdir.