QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят15

فَلِذَٰلِكَ فَٱدْعُ ۖ وَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ ۖ وَقُلْ ءَامَنتُ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِن كِتَـٰبٍ ۖ وَأُمِرْتُ لِأَعْدِلَ بَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ ۖ لَنَآ أَعْمَـٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَـٰلُكُمْ ۖ لَا حُجَّةَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ يَجْمَعُ بَيْنَنَا ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, shuning uchun ham, o`zingga amr qilinganidek da'vat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat o`rnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz o`zimiz uchun, sizning amallaringiz o`zingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga o`rin) yo`q. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolg`iz Uning O`zigadir», deb ayt.Бас, шунинг учун ҳам, ўзингга амр қилинганидек даъват қил ва мустақийм тур ва уларнинг ҳавойи нафсларига эргашма ҳамда: «Мен Аллоҳ нозил қилган ҳар бир китобга иймон келтирдим ва орангизда адолат ўрнатишга амр қилиндим. Аллоҳ бизнинг Роббимиз, сизнинг ҳам Роббингиз. Бизнинг амалларимиз ўзимиз учун, сизнинг амалларингиз ўзингиз учун. Биз билан сизнинг орамизда жанжал(га ўрин) йўқ. Аллоҳ бизларни жамлайди ва қайтиш ёлғиз Унинг Ўзигадир», деб айт.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mana shuning uchun (yaʼni, avvalgi qavmlar firqa-firqa boʻlib ketganlari sababli yoʻldan ozganlari uchun — siz oʻz ummatlaringizni birlik-ittifoqqa) daʼvat qiling va oʻzingizga buyurilgani yangligʻ Toʻgʻri Yoʻlda boʻling hamda ularning (mushriklarning) havoyi nafslariga ergashmang! Ayting: «Men Alloh nozil qilgan har bir Kitobga iymon keltirdim va sizlarning oʻrtangizda (mendan soʻrab kelgan muammolaringizni hal etishda) adolat qilishga amr etildim. Alloh Parvardigorimiz va Parvardigoringizdir. Bizlarning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizlarning amallaringiz oʻzlaringiz uchundir. Bizlar bilan sizlarning oʻrtangizda biron janjal yoʻqdir. Alloh (Qiyomat Kunida) barchamizni jamlar va yolgʻiz Unga qaytish bordir.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мана шунинг учун (яъни, аввалги қавмлар фирқа-фирқа бўлиб кетганлари сабабли йўлдан озганлари учун — сиз ўз умматларингизни бирлик-иттифоққа) даъват қилинг ва ўзингизга буюрилгани янглиғ Тўғри Йўлда бўлинг ҳамда уларнинг (мушрикларнинг) ҳавойи нафсларига эргашманг! Айтинг: «Мен Аллоҳ нозил қилган ҳар бир Китобга иймон келтирдим ва сизларнинг ўртангизда (мендан сўраб келган муаммоларингизни ҳал этишда) адолат қилишга амр этилдим. Аллоҳ Парвардигоримиз ва Парвардигорингиздир. Бизларнинг амалларимиз ўзимиз учун, сизларнинг амалларингиз ўзларингиз учундир. Бизлар билан сизларнинг ўртангизда бирон жанжал йўқдир. Аллоҳ (Қиёмат Кунида) барчамизни жамлар ва ёлғиз Унга қайтиш бордир.

484-sahifa · 25-juz · 49-hizb484-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلِذَٰلِكَbas, shuning uchunбас, шунинг учунفَٱدْعُ ۖdaʼvat qilдаъват қилوَٱسْتَقِمْva mustaqim turва мустақим турكَمَآkabiкабиأُمِرْتَ ۖsenga amr qilinganсенга амр қилинганوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعْergashmaэргашмаأَهْوَآءَهُمْ ۖularning havoi nafslarigaуларнинг ҳавои нафсларигаوَقُلْva aytва айтءَامَنتُiymon keltirdimиймон келтирдимبِمَآnarsagaнарсагаأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳمِن-dan-данكِتَـٰبٍۢ ۖhar bir kitobҳар бир китобوَأُمِرْتُva amr qilindimва амр қилиндимلِأَعْدِلَadolat oʻrnatishgaадолат ўрнатишгаبَيْنَكُمُ ۖorangizdaорангиздаٱللَّهُAllohАллоҳرَبُّنَاbizning Robbimizбизнинг Роббимизوَرَبُّكُمْ ۖva sizning Robbingizва сизнинг Роббингизلَنَآbizgaбизгаأَعْمَـٰلُنَاamallarimizамалларимизوَلَكُمْva sizgaва сизгаأَعْمَـٰلُكُمْ ۖamallaringizамалларингизلَاyoʻqйўқحُجَّةَjanjal(ga oʻrin)жанжал(га ўрин)بَيْنَنَاbiz bilanбиз биланوَبَيْنَكُمُ ۖva sizning oramizdaва сизнинг орамиздаٱللَّهُAllohАллоҳيَجْمَعُjamlaydiжамлайдиبَيْنَنَا ۖbizlarniбизларниوَإِلَيْهِva Uning Oʻzigadirва Унинг Ўзигадирٱلْمَصِيرُqaytishқайтиш
TafsirТафсир

Avvalgi Paygʻambarlarning ummatlari oʻzlariga ilm kelgandan keyin oʻzaro hasad va adovat qilib tafriqaga tushganlari uchun ham, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u kitob haqida shak-shubhaga borganlari uchun ham:

«Bas, shuning uchun ham, oʻzingga amr qilinganidek daʼvat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma...»

Yaʼni, ey Muhammad, ana oʻsha mazkur sabablarga koʻra, Alloh taolo senga qanday buyurgan boʻlsa, shunday daʼvat qil va oʻz daʼvatingda Alloh senga buyurganidek mustaqiym tur. Oʻzingning toʻgʻri yoʻlingda mahkam tur. Oʻtgan Paygʻambarlarning dinida tafriqaga tushgan va kitoblariga shak-shubha qilgan nobakor qavmlarning havoyi nafslariga ergashma.

Ular bilan orani ochiq qilib olish uchun quyidagilarni eʼlon et:

«Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim».

Allohning dini faqat bittadir. Tavhid va taslim dinidir. Allohning barcha Paygʻambarlari bir din bilan yuborilgan. Alloh nozil qilgan kitoblar ham bir xil asosda. Shuning uchun, oʻsha kitoblarga birdek iymon keltirish kerak.

«...va orangizda adolat oʻrnatishga amr qilindim.»

Yaʼni, jamiyki insonlar orasida Allohning hukmi ila adolat oʻrnatishga buyruq oldim. Kishilarning jinsiga, nasl-nasabiga, mansabiga, obroʻ-eʼtiboriga qarab emas, odamligi, Allohning bandasi ekanli eʼtiboridan adolat oʻrnatishga buyurildim.

Ha, Islom butun dun±da islomiy adolatni hukm surdirish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan dindir.

«Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz.»

Bu dun±da hammaning Robbi–xoliqi, roziqi, tarbiyachisi va tadbirchisi bittadir, yakkayu ±lgʻiz Allohning Oʻzidir. Hammaning Robbi bir boʻlganidan keyin, hisob-kitob qilish asosi ham birdir.

«Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizning amallaringiz oʻzingiz uchun.»

Hamma qilmishiga yarasha hisob-kitob qilinadi. Har kim yaxshi amal qilgan boʻlsa, mukofot, yomon amal qilgan boʻlsa, jazo oladi.

«Biz bilan sizning oramizda janjal(ga oʻrin) yoʻq.»

Barchaning Robbi bir boʻlganidan keyin, barcha oʻz amaliga yarasha mukofot ±ki jazo oladigan boʻlganidan keyin, oʻzaro janjal qilishning nima keragi bor?! Zotan:

«Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish ±lgʻiz Uning Oʻzigadir», deb ayt».

Yaʼni, qi±mat kuni Alloh taolo bizlarning hammamizni qayta tiriltirib bir joyga jamlaydi. U kunda hamma bandalarning qaytishi ±lgʻiz Allohning Oʻzigadir, boshqa zotga emas. Ana oʻshanda Alloh taoloning oʻzi bilib hisob-kitob qilib oladi.

Ushbu nidoni qabul etib, Allohga iymon keltirib, Qurʼonga va Islomga amal qilganlar maqsadga yetadilar.