وَمَا تَفَرَّقُوٓا۟ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى لَّقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُورِثُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ مِنۢ بَعْدِهِمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular faqat o`zlariga ilm kelgandan keyingina, o`zaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) ma'lum muddatgacha (qoldirish) haqida so`z o`tgan bo`lmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan bo`lur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar.Улар фақат ўзларига илм келгандан кейингина, ўзаро ҳасад-адоват қилишиб тафриқага тушдилар. Агар Роббингдан (азоблашни) маълум муддатгача (қолдириш) ҳақида сўз ўтган бўлмаганида, улар орасида албатта ҳукм чиқарилган бўлур эди. Албатта, улардан кейин китобга ворис қилинганлар у ҳақида шак-шубҳададирлар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, avvalgi paygʻambarlarning qavmlari) ham boʻlinmaganlar, magar oʻzlariga (turli firqalarga boʻlinmaslik zarurligi haqida) bilim-hujjat kelganidan soʻng oʻzaro hasad-adovat qilishib (firqa-firqa boʻlib ketganlar). Agar Parvardigoringiz tomonidan (ularning jazolarini) belgilangan muddatgacha (yaʼni, Qiyomatgacha kechiktirish xususidagi) Soʻz oʻtmaganida, albatta ularning oʻrtasida hukm qilingan boʻlur edi (yaʼni, ular mana shu dunyodayoq jazolarini tortgan boʻlur edilar)! Albatta ulardan keyin Kitobga (Tavrot, Injilga) voris qilingan kimsalar (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomga zamondosh boʻlgan yahudiy va nasroniylar) ham undan (oʻz Kitoblaridan) shak-shubhadadirlar.Улар (яъни, аввалги пайғамбарларнинг қавмлари) ҳам бўлинмаганлар, магар ўзларига (турли фирқаларга бўлинмаслик зарурлиги ҳақида) билим-ҳужжат келганидан сўнг ўзаро ҳасад-адоват қилишиб (фирқа-фирқа бўлиб кетганлар). Агар Парвардигорингиз томонидан (уларнинг жазоларини) белгиланган муддатгача (яъни, Қиёматгача кечиктириш хусусидаги) Сўз ўтмаганида, албатта уларнинг ўртасида ҳукм қилинган бўлур эди (яъни, улар мана шу дунёдаёқ жазоларини тортган бўлур эдилар)! Албатта улардан кейин Китобга (Таврот, Инжилга) ворис қилинган кимсалар (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломга замондош бўлган яҳудий ва насронийлар) ҳам ундан (ўз Китобларидан) шак-шубҳададирлар.
Ushbu oyatda tafriqaga tushib, oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni inkor etib, turli yoʻllarga oʻzlarini urgan mazkur nobakor qavmlar haqida soʻz yuritiladi.
«Ular faqat oʻzlariga ilm kelgandan keyingina, oʻzaro hasad- adovat qilishib tafriqaga tushdilar.»
Yaʼni, Alloh tomonidan kishilarga bir din olib kelgan oʻsha Paygʻambarlarning nobakor qavmlari johilliklari, hech narsani bilmaganliklari uchun dinda tafriqaga tushganlari yoʻq. Balki ular oʻzlariga Alloh taolo tomonidan ilm–vahiy kelganidan soʻnggina tafriqaga tushib, ixtilof qildilar. Ular oʻzaro hasad qilib, bir-birlariga dushmanlik qilib, tafriqaga tushdilar. Ular sof aqiyda uchun, sogʻlom din uchun kurashib emas, oʻz havoyi nafslari, shaxsiy va toifiy manfaatlarini koʻzlab tafriqaga tushdilar. Turli nobakorliklarni qildilar.
«Agar Robbingdan (azoblashni) maʼlum muddatgacha (qoldirish) haqida soʻz oʻtgan boʻlmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlur edi.»
Din ustida oʻzaro hasadu adovat ila tafriqaga tushganlari uchun mazkur nobakor qavmlarni allaqachon jazoga tortib, halok qilib yuborish kerak edi. Ammo, Alloh taoloning oldindan ajalni belgilab qoʻyganigina bu ishning boʻlishini toʻsib turibdi.
«Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar.»
Yaʼni, ilohiy kitob kelganda oʻzaro hasad va adovat ila tafriqaga tushganlarning avlodlari, dastlabki ilohiy kitoblarga voris qilingan yahudiy va nasorolar Qurʼon tushgan paytda ham oʻz kitoblari haqida shak-shubhadadirlar.
Darhaqiqat, Alloh taolo Oʻzining oxirgi dini Islom nuri bilan dun±ni munavvar qilgan paytda «Yagona Allohning dinidamiz» deb faxrlanuvchi qavmlar ham jaholat botqogʻiga botib ±tar edilar.
Ular asl dinlaridan adashib, turli bidʼat-xurofotlarga berilib ketgan edilar. Ilohiy kitoblarining asl hollari yoʻqotilib-buzib tashlangan edi. Paygʻambar alayhissalomlar keltirgan taʼlimotlar, shariatlar turli insonlarning havoyi nafslariga muvofiq oʻzgartirib yuborilgandi. Islom dini ushbu holatni tuzatishi kerak edi. Qurʼoni Karim oʻzidan oldingi barcha ilohiy kitoblarning magʻzini ifodalash bilan birga, oxirgi shariatni–mukammal dinni ba±n qilishi kerak edi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam bularning hammasini odamlarga yetkazib, ha±tga tatbiq qilishlari lozim edi.
Shuning uchun ham, Alloh taolo kelasi oyatda u zotga xitob qilib, hech narsaga eʼtibor bermasdan, mustaqiym turib Allohning yoʻliga daʼvat qilishga chorlamoqda: