۞ شَرَعَ لَكُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِۦ نُوحًا وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِۦٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰٓ ۖ أَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا۟ فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى ٱلْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ ٱللَّهُ يَجْتَبِىٓ إِلَيْهِ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizlarga din etib O`zi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni da'vat qilgan narsa og`ir keldi. Alloh O`zi xohlagan kishisini (Payg`ambarlikka) tanlab olur va U O`zigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur.У зот сизларга дин этиб Ўзи Нуҳга васият қилган ва сенга (эй Муҳаммад) ваҳий қилган нарсамизни ҳамда Иброҳим, Мусо ва Ийсога васият қилган нарсамизни баён қилди. «Динни барпо қилингиз ва унда тафриқага тушмангиз», деди. Мушрикларга сен уларни даъват қилган нарса оғир келди. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишисини (Пайғамбарликка) танлаб олур ва У Ўзигагина илтижо этгувчи кишини ҳидоят қилур.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar, Alloh) sizlar uchun ham dindan Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Iysoga buyurgan narsani — shariat (qonun) qildi, «Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqa boʻlib boʻlinmanglar!» (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mushriklarga siz daʼvat qilayotgan narsa (yaʼni, yolgʻiz Allohga ibodat qilish) zoʻr keldi — ogʻirlik qildi. Alloh u (dinga) hidoyat topish uchun Oʻzi xohlagan kishilarni saylar va Unga (yolgʻiz Allohga) iltijo qiladigan kishilarni hidoyat qilur.(Эй мўминлар, Аллоҳ) сизлар учун ҳам диндан Нуҳга буюрган нарсани ва Биз сизга (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломга) ваҳий қилган нарсани, (шунингдек) Биз Иброҳим, Мусо ва Ийсога буюрган нарсани — шариат (қонун) қилди, «Динни барпо қилинглар ва унда фирқа-фирқа бўлиб бўлинманглар!» (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мушрикларга сиз даъват қилаётган нарса (яъни, ёлғиз Аллоҳга ибодат қилиш) зўр келди — оғирлик қилди. Аллоҳ у (динга) ҳидоят топиш учун Ўзи хоҳлаган кишиларни сайлар ва Унга (ёлғиз Аллоҳга) илтижо қиладиган кишиларни ҳидоят қилур.
Ushbu oyatdan samoviy dinlarning asli bir ekanligi ochiq- oydin koʻrinib turibdi. Ushbu oyatda «sizlarga» deb qilina±tgan xitob Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarigadir. «Vasiyat» soʻzi esa, har bir taʼkidlab, uqdirilib, ahamiyatli ekani alohida anglatilgan gap maʼnosini bildiradi.
«U zot sizlarga din etib Oʻzi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni ba±n qildi.»
Demak, Nuh alayhissalomga, Muhammad alayhissalomga, Ibrohim, Muso va Iyso alayhissalomlarga Alloh taolo tomonidan vahiy etib, taʼkid ila tavsiya qilingan narsa bitta. U ham boʻlsa, musulmon ummatiga yuborilgan Islom dinidir. Shuning uchun, Alloh avvalgi Paygʻambarlarga yuborgan din ham Islom dini, unga ergashganlar ham «musulmonlar» deyiladi.
Ushbu oyatda Nuh, Muhammad, Ibrohim, Muso va Iyso Paygʻambarlarning (alayhissalom) tilga olinishlari u zoti bobarakotlar peshvo, ulul azm Paygʻambarlar boʻlganliklaridandir. Ushbu ulugʻ Paygʻambarlardan har birlarining dinlari bir boʻlishi bilan birga, shariatlari oʻzlariga xos boʻlgan. Ularning oralarida kelgan boshqa Nabiylar esa, oʻzlaridan oldingi ulul azm Paygʻambarlarning shariatlariga amal qilib odamlarni ham oʻsha shariatga amal qilishga chorlaganlar. Shunday qilib, Paygʻambar ketidan Paygʻambar, shariat ketidan shariat kela-kela, bir-birini toʻlgʻaza borib, oxiri eng mukammal shariatga–Muhammad sollallohu alayhi vasallamga berilgan shariatga yetib kelindi. Alloh taolo bandalariga:
«Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi».
Yaʼni, dinni Alloh taolodan qanday kelgan boʻlsa, shunday barpo qilingiz, unga ana shunday holida amal qilingiz. Din haqida turli tafriqaga tushib, ixtilof qilmangiz. Ey Muhammad!
«Mushriklarga sen ularni daʼvat qilgan narsa ogʻir keldi.»
Sen ularni turli-tuman soxta xudolaridan voz kechishga daʼvat qilding, bu narsa ularga ogʻir keldi. Sen ularni tavhidga– yakkayu ±lgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼvat qilding, bu narsa ularga ogʻir keldi. Sen ularni har xil johiliy qonun-qoidalarini tark etib, Allohning qonuni asosida yashashga daʼvat qilding, bu narsa ularga ogʻir keldi. Umuman:
«Alloh Oʻzi xohlagan kishisini (Paygʻambarlikka) tanlab olur va U oʻzigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur».
Ushbu qadimiy qoidasi asosida Alloh taolo seni, ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam), Oʻzining oxirgi Paygʻambarligiga tanlab oldi va Oʻziga iltijo qilgan baxti±r bandalarini hidoyatga solib, moʻmin-musulmon qildi. Allohga iltijo qilishdan bosh tortib, sarkashlik qilganlar esa, zalolat botqogʻiga botib qolaverdilar.