QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят12

لَهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir. U, xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan, U barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir.Осмонлару ер (хазийналари) калитлари Уникидир. У, хоҳлаган одамига ризқни кенг ёки тор қилур. Зотан, У барча нарсани ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yer (xazinalarining) ochqichlari Unikidir. U Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Darhaqiqat, u barcha narsani bilguvchidir.Осмонлар ва Ер (хазиналарининг) очқичлари Уникидир. У Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилур ва (Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини) танг қилур. Дарҳақиқат, у барча нарсани билгувчидир.

484-sahifa · 25-juz · 49-hizb484-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَهُۥUnikidirУникидирمَقَالِيدُkalitlariкалитлариٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۖva yerningва ернингيَبْسُطُkeng qilurкенг қилурٱلرِّزْقَrizqniризқниلِمَنodamigaодамигаيَشَآءُU xohlaganУ хоҳлаганوَيَقْدِرُ ۚva tor qilurва тор қилурإِنَّهُۥzotan Uзотан Уبِكُلِّbarchaбарчаشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌۭoʻta bilguvchidirўта билгувчидир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikr qilina±tgan sifatlar ham Alloh taoloning hukmi hamma joyda, hamma vaqtda va hammaga joriy boʻlishi zarurligiga dalildir.

«Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir.»

Osmonlaru yerdagi barcha xaziynalarning kaliti Alloh taolonikidir. Bir maxluqqa biror narsa beriladigan boʻlsa, faqat Alloh taolo tomonidangina beriladi. Jumladan, rizq masalasida ham shunday.

«U, xohlagan odamiga rizqni keng ±ki tor qilur.»

Yaʼni, xohlagan odamining rizqini keng qiladi. Xohlagan odamining rizqini tor qiladi. Osmonlaru yer xaziynalari kaliti sohibi boʻlganidan keyin, oʻzi bilib tasarruf etadi. Bu ishda hech kim aralasha olmaydi.

«Zotan, U barcha narsani oʻta bilguvchi zotdir.»

Oʻzi bilib ishini qiladi. Jumladan, Paygʻambarlar yuborish, ularga qanday dinni berish ham Alloh taoloning ±lgʻiz Oʻzi hal qiladigan masalalardandir.