فَاطِرُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا وَمِنَ ٱلْأَنْعَـٰمِ أَزْوَٰجًا ۖ يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ ۚ لَيْسَ كَمِثْلِهِۦ شَىْءٌ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga o`z jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni o`sha (juftlik) asosida ko`paytirur. U zotga o`xshash hech narsa yo`qdir. U zot o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir.У, осмонлару ерни йўқдан бор қилгувчи Зотдир. У, сизларга ўз жинсингиздан жуфтлар яратди. Чорва ҳайвонларини ҳам жуфт қилиб яратди. У зот сизни ўша (жуфтлик) асосида кўпайтирур. У зотга ўхшаш ҳеч нарса йўқдир. У зот ўта эшитгувчи, ўта кўргувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Alloh) osmonlar va Yerning ilk yaratguvchisidir. U sizlar uchun oʻzlaringizdan boʻlgan juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni oʻsha (juftlik vositasida) koʻpaytirur. Biron narsa U zotga oʻxshash emasdir. U eshitguvchi va koʻrib turguvchidir.(Аллоҳ) осмонлар ва Ернинг илк яратгувчисидир. У сизлар учун ўзларингиздан бўлган жуфтларни яратди ва чорва ҳайвонларидан ҳам жуфт-жуфт (яратди). У сизларни ўша (жуфтлик воситасида) кўпайтирур. Бирон нарса У зотга ўхшаш эмасдир. У эшитгувчи ва кўриб тургувчидир.
Yaʼni, odamlar ixtilof qilayotgan, barcha narsalarning hukmi sohibi boʻlgan Alloh taolo:
«...osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi zotdir».
Shuning uchun ham, barcha narsaning hukmi unga qaytadi. Osmonlar aslida yoʻq narsa edi. Oʻsha yoʻq narsani Alloh bor qildi. Bir narsani bir-biriga qoʻshib-chatishtirib ±ki bor narsaga qarab turib oʻxshatib qilgani yoʻq. Shuningdek, yer ham aslida yoʻq narsa edi. Uni ham Alloh taolo yoʻqdan bor qildi. Alloh ixtiyor qilgunicha osmon ham, yer ham, borliq ham yoʻq edi. Alloh avval tutun holidagi borliqni yaratdi. Soʻng yer va osmonni yaratishni ixtiyor qildi. Alloh ixtiyor qilgunicha yer va osmonning asosi boʻlmish tutun holidagi borliq ham aslida yoʻq boʻlgani uchun, Alloh osmonu yerni yoʻqdan bor qildi, deyiladi. Inson ushbu haqiqatni tafakkur qilib, oʻsha Zotga iymon keltirishi va uning hukmi ostida, aytganiga amal qilib yashashi lozim. Oʻsha Alloh boshqa ishlarni ham qildi. Jumladan:
«U, sizlarga oʻz jinsingizdan juftlar yaratdi.»
Ey odamlar, hukmiga itoat qilishingiz lozim boʻlgan oʻsha zot– Alloh taolo sizlarni juft qilib yaratdi. Oʻlgʻiz erkak ±ki a±l qilib qoʻymadi. Inson zotining juft boʻlishida qanchalik hikmat borligini oʻzingiz bilasiz. Agar bu ishni Alloh taolo qilmaganida, holingiz nima kechishini bir oʻylab koʻring. Bu ishni Alloh taolodan oʻzga hech kim qila olmasligini ham oʻylab koʻring hamda bu oʻylashingiz sizni Allohga iymon keltirishga va uning hukmiga amal qilib yashashga chorlasin.
«Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi.»
Alloh, jumladan, siz insonlarga bitmas-tuganmas foydalar keltiradigan chorva hayvonlarini ham juft–erkak-urgʻochi qilib yaratdi. Ularning erkagiga erkaklik, urgʻochisiga urgʻochilik xususiyatlarini berdi. Bu hayvonlarni erkak-urgʻochi qilib yaratishdan qanchalik hikmat va foyda borligini oʻzingiz bilasiz. Agar hamma chorva hayvonlari bir xil erkak ±ki urgʻochi qilib yaratilganida nima boʻlishini oʻzingiz tushunib olaverasiz. Faqat Uning oʻzigina oʻta aziyzu hakiym boʻlgan Alloh taologina chorva hayvonlarini juft qilib, ularning erkagiga erkaklik, urgʻochisiga urgʻochilik xususiyatlarini berib yarata oladi. Agar bu ishni Alloh qilmaganida holimiz nima kechishini bir oʻylab koʻring. Bu oʻylashingiz sizni Allohga iymon keltirishga va uning hukmiga amal qilib yashashga chorlasin.
Ey odamlar, oʻylab koʻring: Alloh sizni juft qilib yaratgan jon,
«U zot sizni oʻsha (juftlik) asosida koʻpaytirur».
Alloh taolo sizni ham, chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi va oʻsha juftlik asosida koʻpaytiradi. Agar shunday qilmaganida, tezda inqirozga uchrab, yoʻq boʻlib ketar edingiz. Alloh taolo ana shunday yakkayu yagona zotdir.
«U zotga oʻxshash hech narsa yoʻqdir.»
Alloh taolo Oʻz zotida, sifatida, amallarida yakkayu yagonadir. Zotida, sifatida, amallarida biror narsaga oʻxshash boʻlish nuqsonidan pokdir. Allohning zotini, sifatini ±ki amallarini maxluqotining zotiga, sifatiga ±ki amallariga oʻxshatish gunohi azimdir. Allohning zotiga oʻxshash zot yoʻq. Allohning sifatiga oʻxshash sifat yoʻq. Allohning ismiga oʻxshash ism yoʻq. Allohning amaliga oʻxshash amal yoʻq. Ahli sunna va jamoaning eʼtiqodi shudir.
«U zot oʻta eshitguvchi, oʻta koʻrguvchi zotdir.»
Bandalari nima deb yurganini eshitib turadi, nima qila±tganini koʻrib turadi. Modomiki shunday ekan, bandalar biror gap aytishdan yo biror ish qilishdan oldin ushbu haqiqatni hisobga olishlari lozim.
Barcha hukmlar sohibi, aziyzu hakiym boʻlmish Alloh taoloning bundan boshqa sifatlari ham bor.