وَمَا ٱخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِن شَىْءٍ فَحُكْمُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبِّى عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana o`sha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.»«Бирор нарсада ихтилоф қилсангиз, унинг ҳукми Аллоҳдадир. Ана ўша Аллоҳ Роббимдир. Унгагина таваккал қилдим ва унгагина қайтурман.»Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, moʻminlarga ayting): «Sizlar (bu hayoti dunyoda kofirlar bilan) ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi (Qiyomat Kunida) Allohga (qaytarilur va U zot kim haq, kim nohaq ekanligini ajratib berur). Mana shu Alloh Parvardigorimdir. Oʻziga suyandim va Oʻziga iltijo qilurman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мўминларга айтинг): «Сизлар (бу ҳаёти дунёда кофирлар билан) ихтилоф қилган ҳар бир нарсанинг ҳукми (Қиёмат Кунида) Аллоҳга (қайтарилур ва У зот ким ҳақ, ким ноҳақ эканлигини ажратиб берур). Мана шу Аллоҳ Парвардигоримдир. Ўзига суяндим ва Ўзига илтижо қилурман».
Bandalar oʻrtasida ixtilofga sabab boʻlgan narsalarda Alloh taolo Oʻz hukmini chiqaradi. U zotning hukmigina mutlaq odil hukm boʻladi. Uning hukmigina oʻtuvchi hukm boʻladi. Alloh taolo Qurʼoni Karim haqida ham Oʻz hukmini chiqarib qoʻydi. Qurʼoni Karimning ilohiy kitob ekanini, bandalar unga amal qilishlari lozimligini aytib qoʻydi. Endi uning haqida boshqa gap aytish umuman bandalik maqomiga toʻgʻri kelmaydi. Qurʼon haqida Allohning gapidan boshqa gap aytgan odam gunohkori azim boʻladi.
«Ana oʻsha Alloh Robbimdir.»
Undan boshqa hech qanday Robbim yoʻq.
«Ungagina tavakkal qildim...»
Faqat Alloh taoloning Oʻzigagina suyandim. Undan oʻzgaga suyanmayman.
«...va Ungagina qayturman.»
Undan oʻzgaga qaytmasman.