أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۖ فَٱللَّهُ هُوَ ٱلْوَلِىُّ وَهُوَ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ular undan boshqa «do`stlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning O`zigina do`stdir. U zot o`liklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir.Ёки улар ундан бошқа «дўстлар» тутдиларми?! Бас, Аллоҳнинг Ўзигина дўстдир. У зот ўликларни тирилтирур. У зот ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Yoki ular (Allohni) qoʻyib (boshqa) «doʻstlar»ni ushlab oldilarmi (yaʼni, oʻshalarga sigʻinmoqdalarmi)?! (Yoʻq), faqat Allohning Oʻzigina Doʻstdir. U oʻliklarga hayot berur va U barcha narsaga qodirdir.Ёки улар (Аллоҳни) қўйиб (бошқа) «дўстлар»ни ушлаб олдиларми (яъни, ўшаларга сиғинмоқдаларми)?! (Йўқ), фақат Аллоҳнинг Ўзигина Дўстдир. У ўликларга ҳаёт берур ва У барча нарсага қодирдир.
Odamlarning ishi qiziq. Yakkayu ±lgʻiz Alloh turganda Undan boshqa turli narsalarni oʻzlariga valiy, doʻst, xoja qilib oladilar. Ularning bu qilmishlari toʻgʻrimi?!
«Bas, Allohning Oʻzigina doʻstdir.»
Bandalar uchun faqat Alloh taoloning Oʻzigina doʻst, valiy va xojadir.
«U zot oʻliklarni tiriltirur.»
Undan boshqa hech bir zot oʻliklarni tiriltira olmas. Shuning uchun, faqat Allohgagina ibodat qilish kerak. Boshqaga emas. Faqat Unigina doʻst tutish kerak. Boshqani emas.
«U zot har bir narsaga qodirdir.»
Shu jumladan, Oʻziga kufr, shirk keltirib, is±n qilganlarni jazolashga ham qodirdir. Undan boshqa hech bir zot bu ishlarga qodir emas. Shuning uchun, faqat Allohgagina ibodat qilish kerak. Boshqaga emas. Faqat Unigina doʻst tutish kerak. Boshqani emas.
Shunchalik gap-soʻzdan keyin ham Qurʼon haqida ixtilofga borib, uni inkor qilaveradigan boʻlsalar, ey Paygʻambar, aytginki: