وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَهُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَلَـٰكِن يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّـٰلِمُونَ مَا لَهُم مِّن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kishini O`z rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir do`st ham, yordam beruvchi ham yo`qdir.Агар Аллоҳ хоҳлаганида, албатта, уларни бир уммат қилар эди. Лекин хоҳлаган кишини Ўз раҳматига киритур. Золимларга эса, ҳеч бир дўст ҳам, ёрдам берувчи ҳам йўқдир.Alauddin Mansour: Agar Alloh xohlaganida, albatta ularni (yaʼni, barcha insonlarni) bir millat (bir dinda — Islomda) qilgan boʻlur edi. Lekin U Oʻzi xohlagan kishilarni Oʻz rahmatiga (jannatiga) doxil qilur. Zolim-kofirlar uchun esa biron doʻst va yordamchi yoʻqdir.Агар Аллоҳ хоҳлаганида, албатта уларни (яъни, барча инсонларни) бир миллат (бир динда — Исломда) қилган бўлур эди. Лекин У Ўзи хоҳлаган кишиларни Ўз раҳматига (жаннатига) дохил қилур. Золим-кофирлар учун эса бирон дўст ва ёрдамчи йўқдир.
Alloh taolo xohlasa, odamlarni hozirgiga oʻxshatib emas, boshqacha qilib yaratar edi. Ularni bir xil ummat qilib qoʻyishi mumkin edi. Shunda odamlar bir xil ish qilar edi. Bir xil natijaga erishar edilar. Oʻki farishtalarga oʻxshab, har bir ishda Allohga itoatda boʻlib jannatga kirishar edi. Oʻki shaytonga oʻxshab, Allohga is±n qilib doʻzaxga kirishar edi. Lekin insonni alohida bir vazifa uchun, Oʻzining yer yuzidagi xalifasi qilish uchun yaratgani sababidan, Alloh taolo uni farishtayu jinlardan boshqacha qilib yaratdi.
Alloh taolo insonni turli isteʼdodlar bilan yaratdi. Unga ham farishtalarga, ham shaytonlarga bergan isteʼdodni ato etdi. Agar inson oʻzidagi yaxshilik isteʼdodini ishga solib, ±monlik isteʼdodidan ustun chiqsa, farishtadan ham afzal boʻladi. Ammo ±monlik isteʼdodini ishga solib, yaxshilikni mahv etsa, shaytondan ham battar boʻladi.
Shuning uchun ham, odamlardan bir guruhi jannatda, bir guruhi doʻzaxda boʻladi. Alloh taolo:
«...xohlagan kishini oʻz rahmatiga kiritur».
Unday odam moʻmin-musulmon boʻlib jannatga erishadi.
«Zolimlarga esa, hech bir doʻst ham, ±rdam beruvchi ham yoʻqdir.»
Oʻziga oʻzi zulm qilib kufr, shirk va is±n yoʻlini tanlaganlarni Alloh oʻz azobiga duchor etadi va ularga biror doʻst ham, biror ±rdamchi ham topilmaydi.