وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ قُرْءَانًا عَرَبِيًّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنذِرَ يَوْمَ ٱلْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ فَرِيقٌ فِى ٱلْجَنَّةِ وَفَرِيقٌ فِى ٱلسَّعِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, bo`lishida hech shubha yo`q jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qur'onni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh do`zaxda.Ана шундай қилиб, Биз сенга шаҳарларнинг онасини ва унинг атрофини огоҳлантиришинг учун, бўлишида ҳеч шубҳа йўқ жамлаш кунидан огоҳлантиришинг учун арабий Қуръонни юбордик. Бир гуруҳ жаннатда, бир гуруҳ дўзахда.Alauddin Mansour: (Barcha) qishloq-shaharlar onasi — poytaxti (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni (Oxirat azobidan) ogohllntirishingiz uchun va (Oxirat azobidan) shak-shubha boʻlmagan toʻplanish Kunidan ogohlantirishingiz uchun Biz sizga mana shunday arabiy Qurʼonni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda boʻlsa, bir guruh doʻzaxdadir.(Барча) қишлоқ-шаҳарлар онаси — пойтахти (Макка аҳлини) ва унинг атрофидаги кишиларни (Охират азобидан) огоҳллнтиришингиз учун ва (Охират азобидан) шак-шубҳа бўлмаган тўпланиш Кунидан огоҳлантиришингиз учун Биз сизга мана шундай арабий Қуръонни ваҳий қилдик. (У кунда) бир гуруҳ жаннатда бўлса, бир гуруҳ дўзахдадир.
Qadimdan Paygʻambarlariga vahiy orqali taʼlimotlarini yuborib turgan Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ham vahiy yubordi. Oʻsha vahiyni yuborishdan maqsadi bor. Oʻsha vahiyni qayerga yubordi? Oʻsha vahiy qanday vahiy edi? Oʻsha vahiydan qanday natijalar kelib chiqdi? Ushbu oyatda ana oʻsha narsalar haqida soʻz ketmoqda.
«Ana shunday qilib...»
Yaʼni, avval oʻtgan Paygʻambarlarga vahiy yuborgandek qilib...
«Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, boʻlishida hech shubha yoʻq jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qurʼonni yubordik.»
«Shaharlarning onasi»dan Makkai Mukarrama koʻzda tutilgan. Muqaddas shahar boʻlmish Makkai Mukarrama «Ummul Quro»(shaharlarning onasi), deb ataladi. Demak, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼonni Makkai Mukarrama aholisi va uning atrofidagi xalqlarni ogohlantirish uchun nozil qilgan. Makkai Mukarrama maʼlum va mashhur shahar. Lekin uning atrofi deganda qaysi joylarni tushunish kerak? Bu savolga, xususan, ushbu oyat maʼnosiga ham turli javob va tushunchalar berish mumkin. Ammo keyingi paytdagi ilmiy kashfi±tlar ushbu oyat ilohiy moʻʼjiza ekanini koʻrsatadi. Baʼzi jugʻrofiya olimlari aynan ushbu oyat maʼnosiga, hamda Qurʼon butun olamlar uchun ogohlantiruvchi boʻlib tushgani haqidagi haqiqatga eʼtibor qaratdilar. Ularda, nima uchun bir joyda «Qurʼon butun olam uchun ogohlantiruvchi» deyiladi-yu, ikkinchi joyda «Ummul Quro» va uning atrofini ogohlantirish uchun, deyiladi?» degan savol paydo boʻldi. Ilmiy izlanishlar koʻrsatdiki, Makkai Mukarrama yerning quruqlik qismining qoq markazi ekan. Bu haqiqatdan, oyati karimadagi «shaharlarning onasi va uning atrofini ogohlantirishing uchun» degani, butun yer yuzini ogohlantirishing uchun, degani ekanligi maʼlum boʻldi. Shu kashfiyotga asoslanib, dun±ning hamma nuqtasidan turib qiblani topib oladigan asbob yaratildi. Kompasga oʻxshash bu asbob dun±da keng tarqaldi.
Alloh taolo Oʻzining oxirgi dini Islomni mukammal qilib yubordi. Chunki, u qi±matgacha turishi kerak. Oxirgi din hamma uchun umumiy dindir. Oxirgi dinni maʼlum bir chegaraga bogʻlab qoʻyilsa, boʻlmas edi. Islom Alloh tomonidan butun yer yuzi uchun yuborilgan dindir. Shunday boʻlganidan keyin uning boshlanish nuqtasi, asosiy markazi boʻlishi kerak edi. Alloh taolo oʻsha markaz uchun eng munosib joyni tanladi. Yer yuzidagi quruqlikning qoq oʻrtasini tanladi. Yer yuzidagi eng muqaddas nuqtani tanladi. Oʻzining uyi joylashgan nuqtani tanladi. Paygʻambarlarning otasi Ibrohim alayhissalomdan bu±n haj qilinib kelina±tgan muqaddas maskanni tanladi. Islom nuri hamma tomonga birdek taralishi uchun eng markaziy nuqtani tanladi.
Qurʼonni tushirishdan maqsad esa, ogohlantirishdir. Kishilarni, ha, butun dun±dagi kishilarni ogohlantirishdir. Ularni Allohga iymon keltirish va Unga ibodat qilish lozimligi haqida ogohlantirishdir. Eʼtiqod qilish va amal etish lozim boʻlgan boshqa barcha narsalar haqida ogohlantirishdir. Kishilarni kufr va is±nning oqibati ±mon boʻlishidan ogohlantirishdir.
«Boʻlishida hech shubha yoʻq jamlash kunidan ogohlantirishing uchun...»
Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼoni Karimni odamlarni qi±mat kunidan, barcha insoniyatni bir joyga jamlash kunidan ogohlantirish uchun tushirdi. Oyatda avval umumiy tarzda ogohlantirish zikr qilinib turib, keyin qi±mat kuni alohida tilga olingani bejiz emas. Qi±mat kuniga va unda boʻladigan ishlarga iymon keltirish eʼtiqoddagi eng asosiy ruknlardan hisoblanadi. Bu oʻta muhim bir masala boʻlganidan, alohida zikr qilingan.
«...arabiy Qurʼonni yubordik.»
Alloh taolo Oʻzining oxirgi va mukammal diniga, insoniyat kamoliga yetgan paytida, unga qi±mat kunigacha ikki dun± saodatini koʻrsatuvchi qilib yuborgan diniga, abadiy dastur qilib yuborgan vahiyga arab tilini tanladi.
Aziyzu hakiym boʻlgan Alloh taoloning bu ixti±ri ham hikmatga toʻla edi.
Alloh taoloning oxirgi dini qi±mat qoim boʻlguncha turishi kerak. Buning uchun doimiy moʻʼjiza lozim. Oʻtgan Paygʻambarlarning moʻʼjizalari shaxslariga bogʻliq boʻlib, ular jisman dun±dan oʻtishlari bilan mazkur moʻʼjizalari ham tamom boʻlar edi. Islom qi±mat qoim boʻlguncha qolishi ixti±r qilingani uchun ham, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bosh moʻʼjizalari etib Qurʼonni iroda qildi. Abadiy moʻʼjiza boʻlib qoladigan kitob uchun esa, shunga loyiq til kerak. Bu til arab tili boʻldi. Aynan ushbu til barcha talablarga javob bera olardi. Shunday boʻldi ham. Alloh taolo Qurʼonni arab tilida tushirdi. Uni «moʻʼjiza» deb eʼlon qildi. Tillarining nozik-nozikligigacha his qilib isteʼmol etadigan arablarni musobaqaga chaqirdi: agar qodir boʻlsalar, Qurʼonga oʻxshash bir kitob keltirishni, loaqal oʻn oyatichalik ±ki loaqal bir oyatchalik narsa keltirishni taklif etdi. Arablar urindilar, keltira olmadilar. Hozirgacha keltira olmayaptilar. Kundan-kunga, arab tilida Qurʼon tushganligi uning abadiy moʻʼjiza boʻlib qolishini har taraflama taʼminlaganiga hujjat va dalillar koʻpayib bormoqda.
Ha, Allohning kalomining faqat arabchasi Qurʼon boʻladi, Alloh qanday lafz, harf ila tushirgan boʻlsa, oʻshanisi Qurʼondir. Boshqa narsa hech qachon Qurʼon boʻla olmaydi. Hech qachon inglizcha, ruscha ±ki oʻzbekcha Qurʼon boʻlishi mumkin emas.
Qurʼoni Karim maʼnolarining boshqa bir tilga tarjimasini hech qachon «Qurʼon» deb boʻlmaydi. U tarjimalar arab tilini bilmaydiganlar uchun Qurʼon maʼnolarini bir oz tushuntirish uchun ±rdam, xolos. Ular hech qachon Qurʼon hukmida eʼtiborga olinmaydilar. Mazkur tarjimalarni hatto «Qurʼon tarjimasi» deb ham boʻlmaydi. Balki «Qurʼon maʼnolarining tarjimasi» deyiladi. Chunki, har qanday tarjima ham Qurʼoni Karimda kelgan maʼnoni toʻliq ifoda qila olmaydi.
Alloh taolo soʻnggi dini taʼlimotlarini bayon qiluvchi Kalomining arab tilida boʻlishini ixtiyor etgani bejiz emasligi asrlar davomida yanada ravshanroq ayon boʻlmoqda. Boshqa ilohiy kitoblarning asl nusxalari, asl tillari qolmagan. Shuning uchun ham, oʻsha kitoblarning ummatlari oʻz kitoblari, dinlari haqida ixtilofga tushganlar. Ular kitoblariga ham, dinlariga ham oʻzgartirishlar kiritganlar.
Qurʼoni Karim esa, bir harfi ham oʻzgarmay, sobit va abadiy moʻʼjiza boʻlib turibdi.
Alloh taoloning Makkai Mukarramani oxirgi shariati uchun markaz qilib olishi, arab tilini oxirgi kitobi uchun til qilib olishi, arabiy boʻlgan insonni (sollallohu alayhi vasallam) Paygʻambar qilib tanlashi oʻsha yerda yasha±tgan, oʻsha tilda gapiradigan, oʻsha Paygʻambar qavmidan boʻlgan odamlarga Islomga nisbatan alohida masʼuliyat yuklar edi. Bular arablar edilar. Oʻsha zamonda yashab turgan boshqa qavm va xalqlardan koʻra olamshumul Islomning masʼuliyatini koʻtarish uchun munosibroq kishilar shular edilar. Chunki, ular boshqalardan koʻra xurroq edilar. Zehnlari oʻtkir edi. Ularni jamlab, ustilaridan hukmini oʻtkazib turadigan markazlashgan davlatlari ham yoʻq edi. Ularning barchasiga birdek taʼsir qiladigan sobit dinu di±natlari ham yoʻq edi. Har kim oʻz qoʻli bilan yasab olgan butga choʻqinardi. Shu bilan birga, oʻsha paytning arablari shijoatli, saxovatli, sodda odamlar edi. Ushbu shartlar ham olamshumul Islomning tayanch nuqtasi aynan shu jamiyatda boʻlishini taqozo qilardi. Alloh taolo behikmat ish qilmaydi.
Alloh Oʻzining olamshumul dini uchun tanlagan markazi ham, Paygʻambari ham, tili ham, jamiyati ham tezda natijalarini berdi. Juda oz muddatda Islom butun dun±ga tarqala boshladi. Odamlar esa, unga nisbatan ikki guruhga boʻlindilar:
«Bir guruh jannatda, bir guruh doʻzaxda».
Yaʼni, moʻmin-muslimlar jannatda. Kofir va osiylar doʻzaxda.