وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهُ حَفِيظٌ عَلَيْهِمْ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undan o`zga «do`stlar» tutganlarga Alloh kuzatguvchidir. Sen ularga vakil emassan.Ундан ўзга «дўстлар» тутганларга Аллоҳ кузатгувчидир. Сен уларга вакил эмассан.Alauddin Mansour: (Allohni) qoʻyib (boshqa) «doʻstlar»ni ushlagan (yaʼni, oʻshalarga sigʻinayotgan) kimsalar ustida Alloh kuzatib turguvchidir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ularning ustida vakil-qoʻriqchi emassiz.(Аллоҳни) қўйиб (бошқа) «дўстлар»ни ушлаган (яъни, ўшаларга сиғинаётган) кимсалар устида Аллоҳ кузатиб тургувчидир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз уларнинг устида вакил-қўриқчи эмассиз.
Yaʼni, Alloh taolodan oʻzga narsalarni doʻst tutib, ularga ibodat qilgan mushriklarga Alloh taoloning Oʻzi kuzatuvchi, poylab turuvchidir. Sening ishing boʻlmasin, ey Paygʻambar. Sen ularni iymonga majburlash uchun vakil qilingan emassan. Sening ishing Allohning taʼlimotlarini yetkazish, xolos.