تَكَادُ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ يَتَفَطَّرْنَ مِن فَوْقِهِنَّ ۚ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istig`for so`rarlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.Осмонлар уст томонларидан ёрилиб кетай дейди. Фаришталар эса, Роббилари ҳамди ила тасбиҳ айтурлар ва ер юзидаги кимсаларга истиғфор сўрарлар. Огоҳ бўлингким, албатта, Аллоҳ ўта мағфиратли ва ўта раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: (Mushrik jamoalarning shirk keltirishlari sababli) ustlaridagi osmonlar yorilib ketishga yaqin boʻlur. Farishtalar esa Parvardigorga hamdu sano aytish bilan (U zotni aybu nuqsondan va «sheriklar»dan) poklarlar va Yerdagi (moʻmin-musulmon) kishilar uchun (Allohdan) magʻfirat soʻrarlar. Ogoh boʻlingizkim, albatta Allohning Oʻzigina magʻfirat qilguvchi, mehribondir.(Мушрик жамоаларнинг ширк келтиришлари сабабли) устларидаги осмонлар ёрилиб кетишга яқин бўлур. Фаришталар эса Парвардигорга ҳамду сано айтиш билан (У зотни айбу нуқсондан ва «шериклар»дан) покларлар ва Ердаги (мўмин-мусулмон) кишилар учун (Аллоҳдан) мағфират сўрарлар. Огоҳ бўлингизким, албатта Аллоҳнинг Ўзигина мағфират қилгувчи, меҳрибондир.
Alloh taoloning yuksakligi va ulugʻligi qarshisida chiday olmay, osmonlar oʻz ustilaridan ±rilib ketay deb turadilar. Xuddi shu sababga koʻra, farishtalar tinmay Allohga hamdu sano aytib, unga tasbih aytib (yaʼni, uni poklab ±d etib) turadilar. Shuningdek, farishtalar tinimsiz ravishda Alloh taolodan odamlarning gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrab turadilar. Chunki, yuksak va ulugʻ boʻlgan:
«Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli zotdir».
U zot vaqtida tavba qilganlarning gunohini magʻfirat qiladi va ularga rahim-shafqat koʻrsatadi.
Ammo odamlar ichida boshqacha ish qiladiganlari koʻp.