QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят26

وَيَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۚ وَٱلْكَـٰفِرُونَ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga O`z fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga shiddatli azob bordir.У зот иймон келтириб, солиҳ амаллар қилганларнинг (дуосини) ижобат қилур ва уларга Ўз фазлидан зиёда қилур. Кофирларга эса, уларга шиддатли азоб бордир.Alauddin Mansour: U iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarning (duolarini) ijobat qilur va ularga (soʻragan narsalarini ato etib, yana) Oʻz fazlu karamidan ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir.У иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларнинг (дуоларини) ижобат қилур ва уларга (сўраган нарсаларини ато этиб, яна) Ўз фазлу карамидан зиёда қилур. Кофирлар учун эса қаттиқ азоб бордир.

486-sahifa · 25-juz · 49-hizb486-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْتَجِيبُva ijobat qilurва ижобат қилурٱلَّذِينَularning (duosini)уларнинг (дуосини)ءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниوَيَزِيدُهُمva ularga ziyoda qilurва уларга зиёда қилурمِّن-dan-данفَضْلِهِۦ ۚOʻz fazlidanЎз фазлиданوَٱلْكَـٰفِرُونَva kofirlarga esaва кофирларга эсаلَهُمْulargaуларгаعَذَابٌۭazob bordirазоб бордирشَدِيدٌۭshiddatliшиддатли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada va undan oldingi oyatda Alloh taolo bandalarga vaqtning borida tavba qilib, kufrdan qaytib, iymonga kelish, amali solihlar qilib qolish haqida tanbeh bermoqda. Bu haqiqat ushbu ikki oyatda zikr qilingan, tavbani qabul qilish va gunohlarni afv etish haqidagi vaʼdalardan, iymonli holda solih amallar qiluvchilarga berila±tgan vaʼdalardan va kofirlarga shiddatli azob boʻlishi haqidagi ogohlantirishdan tushunib olinadi.

Oxiratda Alloh taolo jannatiy bandalarga behisob noz- neʼmatlar, rizq-roʻzlar berib karam koʻrsatishi maʼlum boʻldi. Endi keladigan oyatda bu dun±da rizq masalasi qanday boʻlishi ba±n qilinadi: