QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят43

وَلَمَن صَبَرَ وَغَفَرَ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir.Шубҳасиз, ким сабр қилиб, кечирса, албатта, бу мардлик ишларидандир.Alauddin Mansour: Albatta kim (oʻziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu ish ishlarning maqsadga muvofigʻidir,Албатта ким (ўзига етган озор-азиятларга) сабр қилса ва (интиқом олмай Аллоҳ учун) кечириб юборса, шак-шубҳасиз, бу иш ишларнинг мақсадга мувофиғидир,

487-sahifa · 25-juz · 49-hizb487-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَنva albatta, kimва албатта, кимصَبَرَsabr qilsaсабр қилсаوَغَفَرَva kechirsaва кечирсаإِنَّalbattaалбаттаذَٰلِكَbuбуلَمِنْ-dandir-дандирعَزْمِmardlik (azm)мардлик (азм)ٱلْأُمُورِishlarишлар
TafsirТафсир

Yana tavozuʼ ila ish koʻrishga daʼvat. Yana sabr qilishga daʼvat. Yana kechirimli boʻlishga daʼvat. Yaxshilar sifati boʻlgan ushbu sifatlarga takror-takror daʼvat bejiz emas. Avvalo, bu ishlarni amalga oshirish oson emas. Qolaversa, yaxshi sifatlarga qancha targʻib qilinsa, shuncha oz.

Dun±dagi holatlar boshqacha boʻlishi mumkin. Baʼzan jinoyatchi, zolim va tajovuzkorlarga omad kulib boqqandek koʻrinadi. Bunday qarasangiz, pichoqlari moy ustida, kunlari shod-xurramlikda va aysh-ishratda oʻta±tgandek. Ular dun±ning yarmiga, balki hammasiga ega boʻlsinlar, ammo besh kunlik oʻtkinchi dun± matohlarining qiymati qancha? Unga erishganlar aslida nimaga erishadilar, oʻzi?

Kelgusi oyatlardan oxir-oqibatda kim yutadiyu kim yutqazadi, kim zafar topadiyu kim magʻlub boʻladi–shular tushunib olinadi.