وَتَرَىٰهُمْ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا خَـٰشِعِينَ مِنَ ٱلذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرْفٍ خَفِىٍّ ۗ وَقَالَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ ٱلْخَـٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ فِى عَذَابٍ مُّقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ularni u(do`zax)ga ko`ndalang qilinayotganlarida xoru zor va qo`rqqan hollarida ko`z qiri bilan nazar solayotganlarini ko`rursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o`zlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar.Сен уларни у(дўзах)га кўндаланг қилинаётганларида хору зор ва қўрққан ҳолларида кўз қири билан назар солаётганларини кўрурсан. Иймон келтирганлар: «Албатта, зиёнкорлар қиёмат куни ўзларига ва аҳли аёлларига зиён қилганлардир», дерлар. Огоҳ бўлингким, албатта, золимлар доимий азобдадирлар.Alauddin Mansour: Ularning xorlikdan egilgan va (doʻzaxga) koʻz qirlari bilan qaragan hollarida unga koʻndalang qilinayotganlarini koʻrursiz. Iymon keltirgan zotlar: «Albatta ziyon koʻrguvchilar (garchi dunyo neʼmatlaridan foydalanib oʻtgan boʻlsalar-da) va Qiyomat Kunida oʻzlariga, ahli-oilalariga ziyon qilgan kimsalardir», dedilar. Ogoh boʻlingizkim, u zolimlar mangu azobdadirlar.Уларнинг хорликдан эгилган ва (дўзахга) кўз қирлари билан қараган ҳолларида унга кўндаланг қилинаётганларини кўрурсиз. Иймон келтирган зотлар: «Албатта зиён кўргувчилар (гарчи дунё неъматларидан фойдаланиб ўтган бўлсалар-да) ва Қиёмат Кунида ўзларига, аҳли-оилаларига зиён қилган кимсалардир», дедилар. Огоҳ бўлингизким, у золимлар мангу азобдадирлар.
Bu dun±da zalolatda oʻtgan shaxslar u dun±da har qancha orzu- umid, tavba-tazarru qilmasinlar, baribir, doʻzax azobiga duchor boʻladilar. Oʻsha kunda:
«Sen ularni u(doʻzax)ga koʻndalang qilina±tganlarida xoru zor va qoʻrqqan hollarida koʻz qiri bilan nazar sola±tganlarini koʻrursan».
Ha, kofir, zolim va osiylar doʻzaxga koʻndalang qilinganlarida, xoru zor boʻladilar, oʻta qoʻrquvga tushadilar, qoʻrqinchlari kuchli boʻlganidan, doʻzaxga toʻgʻri qaray olmaydilar. Balki, faqat koʻz qirlari bilan nazar soladilar. Ularning bu dun±dagi gerdayishlaridan, kibru havolaridan, manmanliklaridan, shahdamliklaridan asar ham qolmaydi. Biror narsani gapira olmay qoladilar. Oxiratda oʻzini erkin sezadiganlar moʻminlardir. Oxiratda erkin gapira oladiganlar moʻminlardir. Oʻshanda:
«Iymon keltirganlar: «Albatta, zi±nkorlar qi±mat kuni oʻzlariga va ahli a±llariga zi±n qilganlardir», derlar».
Bu dun±da kofirlar moʻminlarni malomat qilar, «Dinu di±nat deb turli matohlardan quruq qolib, oʻzlaringizga zi±n qilyapsizlar, bizga oʻxshab maza qilib aysh-ishrat surib olmaysizlarmi?!»– der edilar. Lekin haqiqiy zi±nkorlar endi maʼlum boʻldi. Dun± matohidan yuz oʻgirish zi±nkorlik emas ekan. Haqiqiy zi±nkorlik qi±mat kuni oxirat neʼmatidan benasib qolish ekan. Chunki, u kunning zi±ni haqiqiy zi±ndir, u kunning zi±ni abadiy davom etuvchi zi±ndir, u kunda ziyon koʻrgan haqiqiy ziyonkordir.
Ey odamlar:
«Ogoh boʻlingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar».