QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят47

ٱسْتَجِيبُوا۟ لِرَبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۚ مَا لَكُم مِّن مَّلْجَإٍ يَوْمَئِذٍ وَمَا لَكُم مِّن نَّكِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qaytarib bo`lmaydigan kun Alloh tomonidan kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! O`sha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas.Қайтариб бўлмайдиган кун Аллоҳ томонидан келмай туриб, Роббингизга ижобат қилинг! Ўша куни сизга паноҳгоҳ топилмас ва сизга (тушган азобни) инкор қилгувчи топилмас.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Alloh tomonidan hech qaytarib boʻlmaydigan bir Kun (Qiyomat) kelib qolishidan ilgari Parvardigoringizga ijobat-itoat etingiz! U kunda sizlar uchun biron qochadigan joy ham boʻlmas va sizlar uchun (qilib oʻtgan gunohlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham boʻlmas.(Эй инсонлар), Аллоҳ томонидан ҳеч қайтариб бўлмайдиган бир Кун (Қиёмат) келиб қолишидан илгари Парвардигорингизга ижобат-итоат этингиз! У кунда сизлар учун бирон қочадиган жой ҳам бўлмас ва сизлар учун (қилиб ўтган гуноҳларингизни) инкор қилиш (имкони) ҳам бўлмас.

488-sahifa · 25-juz · 49-hizb488-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱسْتَجِيبُوا۟ijobat qilingижобат қилингلِرَبِّكُمRobbingizgaРоббингизгаمِّن-dan-данقَبْلِoldinолдинأَن-ki-киيَأْتِىَkelmay turibкелмай турибيَوْمٌۭbir kunбир кунلَّاyoʻqйўқمَرَدَّqaytarishқайтаришلَهُۥungaунгаمِنَtomonidanтомониданٱللَّهِ ۚAllohАллоҳمَاyoʻqйўқلَكُمsizgaсизгаمِّنhech birҳеч бирمَّلْجَإٍۢpanohgohпаноҳгоҳيَوْمَئِذٍۢoʻsha kuniўша куниوَمَاva yoʻqва йўқلَكُمsizgaсизгаمِّنhech birҳеч бирنَّكِيرٍۢinkor qilguvchiинкор қилгувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, ey bandalar, Alloh taolo hech ortga qaytarib boʻlmaydigan qi±mat kunini qoim qilmasidan oldin, vaqt borida, uning daʼvatiga, diniga, shariatiga ijobat qiling, iymon keltirib, amal qiling. Agar shunday qilmasangiz:

«Oʻsha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas».

Ey Muhammad, odamlarga ushbu maʼnolarni yetkazganingdan keyin ham: