فَإِنْ أَعْرَضُوا۟ فَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا ٱلْبَلَـٰغُ ۗ وَإِنَّآ إِذَآ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ كَفُورٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular yuz o`girsalar, bas, biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga O`zimizdan rahmat tottirgan chog`imizda u undan quvonur va agar ularga o`z qo`llari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni ne'mat qilur.Агар улар юз ўгирсалар, бас, биз сени уларга қўриқчи қилиб юборганимиз йўқ. Сенинг зиммангда фақат (ваҳийни) етказиш бор, холос. Албатта, биз инсонга Ўзимиздан раҳмат тоттирган чоғимизда у ундан қувонур ва агар уларга ўз қўллари тақдим этган нарса туфайли ёмонлик етса, бас, албатта, инсон куфрони неъмат қилур.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar (mushriklar) endi ham (yolgʻiz Allohga iymon keltirishdan) yuz oʻgirsalar, bas, Biz sizni ularning ustiga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq! Sizning zimmangizda faqat (Biz sizga nozil qilgan vahiyni) yetkazish bor, xolos. Darhaqiqat, Biz insonga Oʻz tomonimizdan rahmat-neʼmatni totdirgan vaqtimizda, u oʻsha (neʼmat) bilan shodlanur, (ammo) agar ularga qoʻllari qilgan (gunohlari) sababli biron yomonlik yetsa, bas, albatta inson (zoti) kufroni neʼmat qilguvchidir — koʻrnamakdir!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар (мушриклар) энди ҳам (ёлғиз Аллоҳга иймон келтиришдан) юз ўгирсалар, бас, Биз сизни уларнинг устига қўриқчи қилиб юборганимиз йўқ! Сизнинг зиммангизда фақат (Биз сизга нозил қилган ваҳийни) етказиш бор, холос. Дарҳақиқат, Биз инсонга Ўз томонимиздан раҳмат-неъматни тотдирган вақтимизда, у ўша (неъмат) билан шодланур, (аммо) агар уларга қўллари қилган (гуноҳлари) сабабли бирон ёмонлик етса, бас, албатта инсон (зоти) куфрони неъмат қилгувчидир — кўрнамакдир!
Paygʻambarning vazifasi–Allohning amrini, taʼlimotlarini ummatlarga yetkazish. Ularning ustida qoʻriqchi boʻlib turib olib, aytganini qilishga majburlash emas. Shuning uchun, Paygʻambar oʻz vazifasini ado etganidan keyin, xotirjam, koʻngli toʻq boʻlaverishi kerak. Odamlarning munosabatlaridan noxushlanmasligi, ozor chekmasligi va kuyunib oʻzini qiynamasligi kerak.
Oʻzi, inson tabiatida beqarorlik, sarkashlik va oʻzini bilmaslik xususiyatlari boʻladi.
«Albatta, biz insonga Oʻzimizdan rahmat tottirgan chogʻimizda u undan quvonur.»
Oʻzidan ketib hovliqadi. Haddidan oshadi.
«...va agar ularga oʻz qoʻllari taqdim etgan narsa tufayli ±monlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni neʼmat qilur.»
Yaxshilik yetganda haddan oshganidek, ±monlik yetganda ham oʻzini toʻgʻri tuta olmaydi, sabrsizlik qilib, kufroni neʼmat qiladi. Holbuki, unga ±monlik zulm yuzasidan emas, oʻzi qilgan gunohlar tufayli yetgan edi.
Aslida esa, yaxshilik yetsa, inson shukr qilib, ±monlik yetsa, sabr etishi lozim. Unga nimaiki yetsa, Allohdandir. Chunki: