لِّلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ إِنَـٰثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَآءُ ٱلذُّكُورَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o`g`illar hadya etur.Осмонлару ернинг мулки Аллоҳникидир. У зот хоҳлаган нарсасини яратур. У зот хоҳлаган кишисига қизлар ҳадя этур ва хоҳлаган кишисига ўғиллар ҳадя этур.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yer Allohning mulkidir. U Oʻzi xohlagan narsani yaratur, U Oʻzi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va Oʻzi xohlagan kishiga oʻgʻillarni hadya etur.Осмонлар ва Ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур, У Ўзи хоҳлаган кишига қизларни ҳадя этур ва Ўзи хоҳлаган кишига ўғилларни ҳадя этур.
Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida koʻrinadi. Ayni shu masalada inson oʻzining ojizligini xis etadi. Oʻz xohishiga koʻra biron narsani bor qila olmasligini, balki doimo Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj boʻlib turishini anglab yetadi.
«Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir.»
Osmonlarda va yerda nimaiki boʻlsa, hamma-hammasi Alloh taoloning mulkidir.
«U zot xohlagan narsasini yaratur.»
Bu ishda U zotning xohishiga hech kim toʻsiq boʻla olmaydi. Butun borliqning moliki–egasi va xoliqi mutlaq boʻlgan oʻsha Zot oʻz mulkidan xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradi. Jumladan, farzand berish masalasida ham:
«U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur».
Agar oʻgʻil yo qiz farzand koʻrish ota-ona xohishiga koʻra boʻlganida, ushbu oyatlar tusha±tgan paytdagi johiliy arablarda qiz farzand boʻlmas edi. Chunki, ular qiz farzandni ±qtirishmasdi. Hatto, qizlarini tiriklay koʻmib ham tashlashardi. Holbuki, baʼzilar faqat qiz farzandlar koʻrishadi, oʻgʻil farzandga zor boʻlib yurishadi. Bu hol farzand faqat Allohning xohishi bilan oʻgʻil ±ki qiz boʻlishini bildiradi.
«...va xohlagan kishisiga oʻgʻillar hadya etur.»
Faqat oʻgʻil farzandlar koʻrib, Allohdan qiz soʻrab yurgan odamlar ham oz emas.
«Oʻki ularni juftlab – oʻgʻil-qiz qilib berur.»
Aralash farzandlar koʻrish odamlar ichida koʻp tarqalgan holatdir.
«...va xohlagan kishisini tugʻmas qilur.»
Bundaylar ozchilik boʻlib, Alloh taolo ibrat uchun, farzand odamlarning xohishi bilan emas, Allohning xohishi bilan boʻlishini koʻrsatish uchun shunday qilib qoʻygan.
«Albatta, U zot oʻta bilguvchi va oʻta qodirdir.»
Hamma narsani bilib qiladi. Jumladan, kimga qiz, kimga oʻgʻil, kimga oʻgʻil-qiz berishni yoki kimni tugʻmas qilishni oʻzi biladi. Bu ishlarga uning qudrati yetadi.
Sura oxirida yana uning boshlanishidagi masalaga–vahiy va Paygʻambarlik masalasiga qaytiladi. Alloh taolo bilan U zot oʻziga Paygʻambar qilib olgan inson orasidagi aloqa qay tarzda boʻlishi ba±n qilinadi. Bu ish Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan qandoq va nima maqsadda sodir etilgani zikr qilinadi.