QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят50

أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَـٰثًا ۖ وَيَجْعَلُ مَن يَشَآءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ularni juftlab — o`g`il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug`mas qilur. Albatta, U zot o`ta bilguvchi va o`ta qodirdir.Ёки уларни жуфтлаб — ўғил-қиз қилиб берур ва хоҳлаган кишисини туғмас қилур. Албатта, У зот ўта билгувчи ва ўта қодирдир.Alauddin Mansour: Yoki ularni egizak oʻgʻillar va qizlar qilur va Oʻzi xohlagan kishini — tugʻmas (bepusht) qilib qoʻyur. Albatta U (barcha narsani) bilguvchi va (Oʻzi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir.Ёки уларни эгизак ўғиллар ва қизлар қилур ва Ўзи хоҳлаган кишини — туғмас (бепушт) қилиб қўюр. Албатта У (барча нарсани) билгувчи ва (Ўзи хоҳлаган нарсани яратишга) қодирдир.

488-sahifa · 25-juz · 49-hizb488-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوْyokiёкиيُزَوِّجُهُمْularni juftlab berurуларни жуфтлаб берурذُكْرَانًۭاoʻgʻillarўғилларوَإِنَـٰثًۭا ۖva qizlarва қизларوَيَجْعَلُva qilurва қилурمَنkishisiniкишисиниيَشَآءُxohlaganхоҳлаганعَقِيمًا ۚtugʻmasтуғмасإِنَّهُۥalbatta, U zotалбатта, У зотعَلِيمٌۭoʻta bilguvchiўта билгувчиقَدِيرٌۭoʻta qodirўта қодир
TafsirТафсир

Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida koʻrinadi. Ayni shu masalada inson oʻzining ojizligini xis etadi. Oʻz xohishiga koʻra biron narsani bor qila olmasligini, balki doimo Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj boʻlib turishini anglab yetadi.

«Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir.»

Osmonlarda va yerda nimaiki boʻlsa, hamma-hammasi Alloh taoloning mulkidir.

«U zot xohlagan narsasini yaratur.»

Bu ishda U zotning xohishiga hech kim toʻsiq boʻla olmaydi. Butun borliqning moliki–egasi va xoliqi mutlaq boʻlgan oʻsha Zot oʻz mulkidan xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradi. Jumladan, farzand berish masalasida ham:

«U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur».

Agar oʻgʻil yo qiz farzand koʻrish ota-ona xohishiga koʻra boʻlganida, ushbu oyatlar tusha±tgan paytdagi johiliy arablarda qiz farzand boʻlmas edi. Chunki, ular qiz farzandni ±qtirishmasdi. Hatto, qizlarini tiriklay koʻmib ham tashlashardi. Holbuki, baʼzilar faqat qiz farzandlar koʻrishadi, oʻgʻil farzandga zor boʻlib yurishadi. Bu hol farzand faqat Allohning xohishi bilan oʻgʻil ±ki qiz boʻlishini bildiradi.

«...va xohlagan kishisiga oʻgʻillar hadya etur.»

Faqat oʻgʻil farzandlar koʻrib, Allohdan qiz soʻrab yurgan odamlar ham oz emas.

«Oʻki ularni juftlab – oʻgʻil-qiz qilib berur.»

Aralash farzandlar koʻrish odamlar ichida koʻp tarqalgan holatdir.

«...va xohlagan kishisini tugʻmas qilur.»

Bundaylar ozchilik boʻlib, Alloh taolo ibrat uchun, farzand odamlarning xohishi bilan emas, Allohning xohishi bilan boʻlishini koʻrsatish uchun shunday qilib qoʻygan.

«Albatta, U zot oʻta bilguvchi va oʻta qodirdir.»

Hamma narsani bilib qiladi. Jumladan, kimga qiz, kimga oʻgʻil, kimga oʻgʻil-qiz berishni yoki kimni tugʻmas qilishni oʻzi biladi. Bu ishlarga uning qudrati yetadi.

Sura oxirida yana uning boshlanishidagi masalaga–vahiy va Paygʻambarlik masalasiga qaytiladi. Alloh taolo bilan U zot oʻziga Paygʻambar qilib olgan inson orasidagi aloqa qay tarzda boʻlishi ba±n qilinadi. Bu ish Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan qandoq va nima maqsadda sodir etilgani zikr qilinadi.