۞ وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ ٱللَّهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِن وَرَآئِ حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًا فَيُوحِىَ بِإِذْنِهِۦ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ عَلِىٌّ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning bashar bilan gaplashmog`i bo`lmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot o`ta oliy va o`ta hikmatlidir.Аллоҳнинг башар билан гаплашмоғи бўлмаган, магар ваҳий орқали, ёки парда ортидан ёхуд элчи юборади ва ул У зотнинг изни ила хоҳлаган нарсасини ваҳий қилур. Албатта, У зот ўта олий ва ўта ҳикматлидир.Alauddin Mansour: Biron odam uchun Alloh unga soʻzlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali, yo biron parda-toʻsiq ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, oʻsha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan oʻzi xohlagan narsani vahiy qilishi orqali (soʻzlar). Albatta U yuksak va hikmat Egasidir.Бирон одам учун Аллоҳ унга сўзлаши жоиз эмас, магар ваҳий-илҳом орқали, ё бирон парда-тўсиқ ортидан ёки бирон элчи-фаришта юбориб, ўша (фаришта Аллоҳнинг) изни-ихтиёри билан ўзи хоҳлаган нарсани ваҳий қилиши орқали (сўзлар). Албатта У юксак ва ҳикмат Эгасидир.
Inson zoti uchun Alloh taolo bilan bevosita gaplashish muyassar boʻladigan narsa emas. Alloh bilan bashar orasidagi aloqa bavosita boʻlur. Vositaning bir tarafida insonlar orasidan tanlab olingan eng yetuk zotlar, Paygʻambar alayhissalomlar turadilar. Yaʼni, oʻsha vositali gaplashishga ham har bir inson qodir emas. Endi, odamlar orasidan tanlab olingan Paygʻambarlar ham barobar emaslar, xuddi, osmondagi nur sochib turgan yulduzlar hajm va nur jihatidan xilma-xil boʻlganlaridek, ular ham xilma-xildirlar.
«Allohning bashar bilan gaplashmogʻi boʻlmagan.»
Alloh taoloning inson zoti bilan bevosita gaplashishi boʻlmagan va boʻlishi mumkin ham emas. Chunki, ojiz inson bu maqomga chiday olmaydi. Bu haqiqatni odam bolasining ulugʻi, Paygʻambarlarning afzali Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vahiyni qabul qilib olish vaqtlaridagi hollaridan bilib olsak boʻladi. U zot, oʻzlarining yuksak maqomlariga qaramay, Allohning kalomini vahiy vositasi ila qabul qilib olish jara±nida terlab ketar, nafas olishlari tezlashib, pishillab qolar edilar. Agar vahiy tushgan vaqtda u zot tuya ustida boʻlsalar, tuya choʻkkalab qolar edi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qarshilarida tizzalarini tizzalariga tekkazib oʻtirgan paytda vahiy tushib qolganda Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning sonlari ±rilib ketay degan.
Demak, Allohning kalomini vahiy orqali qabul qilib olishga har bir odam ham qodir emas. Faqat, tanlangan, yetuk va maʼlum sifatlarga ega shaxslargina bunga loyiqdirlar. Ularni hamma narsani yaxshi biluvchi zot–Alloh taoloning Oʻzi tanlab oladi. Alloh taolo oʻsha Oʻzi tanlab Paygʻambar qilgan bandalariga Oʻz kalomini quyidagi uch vositaning biri ila yetkazadi.
1. «Magar vahiy orqali...»
Vahiy Alloh tomonidan bandaga biror xabarning maxfiy va tez yetkazilishidir. Alloh taolo, Paygʻambar alayhissalomning qalbiga biror xabarni yetkazadi, Paygʻambar esa, uning Alloh taolodan ekanligini darhol biladi.
2. «...±ki parda ortidan..»
Alloh taolo Muso alayhissalomga Oʻzi koʻrinmay turib gapirgani kabi.
3. «...±xud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur.»
Bunda Alloh taolo Oʻzi bilan Paygʻambari orasida vositachielchi qilib farishtani yubordi. Farishta kelib Alloh taolo xohlagan narsani Paygʻambarga yetkazadi.
Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning tajribalarida ushbu farishta vositasida boʻladigan uchinchi tur vahiy toʻrt xil kelgan:
1-xili: Farishta kelib, oʻzi koʻrinmagan holda, kerakli xabarni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qalblariga yetkazar edi. Bunga misol qilib ulamolarimiz quyidagi hadisi sharifni keltiradilar.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam :
«Muqaddas ruh (farishta) mening qalbimga yetkazdiki, albatta, hech bir jon oʻz rizqini mukammal olmay turib oʻlmas. Bas, Allohga taqvo qilinglar va talabi rizqni goʻzal qilinglar», dedilar.
2-xili: Farishta Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga erkak kishi shaklida koʻrinib gaplashar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning gaplarini oʻzlariga singdirib olganlaridan keyin qaytib ketar edi. Farishtaning Dihyatul Kalbiy ismli kishiga oʻxshab kelgani haqida rivoyatlar koʻp.
3-xili: Qoʻngʻiroq chalinganidek ovoz bilan kelardi. Xuddi mana shu xili Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun qiyin kechar edi. Ana oʻshanda, qattiq sovuq kunlarida ham, u zot sollallohu alayhi vasallam terlab, terlari oqib ketar edilar, ulov mingan boʻlsalar, ulov choʻkkalab qolar edi. Bir marta u zotning tizzalari Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning tizzalariga tegib turganda vahiy kelib qolib Zayd roziyallohu anhuning tizzalari ±rilib ketay degan.
4-xili: Farishta Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga oʻzining asl yaratilgan suvratida kelar edi. Bu holat ikki marta takror boʻlgan. Oʻsha martalarda Jabroil alayhissalom qanotlari bilan osmoni falakni toʻsgan hollarida koʻrinib Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xabarni yetkazganlar. Koʻrinib turibdiki, bu hammaga ham muyassar boʻlaveradigan narsa emas. Buning uchun Allohning ixti±ri va Uning inoyatiga, fazlu karamiga sazovor boʻlgan inson kerak. Buning uchun Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam kerak. Buning uchun u zot sollallohu alayhi vasallamning buyuk qalbi kerak!
Alloh taolo Oʻz kalomini kim orqali, kimga yuborishini juda yaxshi biladi. Alloh taolo Oʻzining oxirgi dinini kimga yuborishini juda yaxshi biladi. Alloh taolo Oʻzining oxirgi va mukammal Paygʻambarligi uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tanladi. Allohning tanlovi toʻgʻridir.
«U zot oʻta oliy va oʻta hikmatlidir.»
Shuning uchun ham, U zotning bu tanlovi oliymaqom va purhikmat boʻldi.
Alloh taolo oxirgi oyatlarda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oʻzlariga xitob qilib, u zot sollallohu alayhi vasallamga vahiy qandoq va nima uchun yuborilganini yana bir bor ba±n qilmoqda.