وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ رُوحًا مِّنْ أَمْرِنَا ۚ مَا كُنتَ تَدْرِى مَا ٱلْكِتَـٰبُ وَلَا ٱلْإِيمَـٰنُ وَلَـٰكِن جَعَلْنَـٰهُ نُورًا نَّهْدِى بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنْ عِبَادِنَا ۚ وَإِنَّكَ لَتَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunga o`xshash, Biz senga O`z amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen to`g`ri yo`lga hidoyat qilursan.Ана шунга ўхшаш, Биз сенга Ўз амримиздан бир руҳни ваҳий қилдик. Сен китоб нималигини ҳам, иймон нималигини ҳам идрок қилмас эдинг. Лекин, Биз уни бир нур қилдикки, у билан бандаларимиздан кимни хоҳласак ҳидоят қилурмиз. Албатта, сен тўғри йўлга ҳидоят қилурсан.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), shunday qilib (xuddi avvalgi paygʻambarlarga vahiy qilganimizdek) Biz Oʻz amrimiz bilan sizga Ruhni — Qurʼonni vahiy qildik. Siz (paygʻambar boʻlishingizdan) ilgari na Kitobni — Qurʼonni va na iymonni (yaʼni, uning haqiqat-mohiyatini) bilguvchi edingiz. Lekin Biz uni (Qurʼonni) bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan Oʻzimiz xohlagan kishilarni hidoyat Qilurmiz. Albatta siz (oʻzingizga tushgan vahiy yordamida) Toʻgʻri Yoʻlga yetaklaysiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), шундай қилиб (худди аввалги пайғамбарларга ваҳий қилганимиздек) Биз Ўз амримиз билан сизга Руҳни — Қуръонни ваҳий қилдик. Сиз (пайғамбар бўлишингиздан) илгари на Китобни — Қуръонни ва на иймонни (яъни, унинг ҳақиқат-моҳиятини) билгувчи эдингиз. Лекин Биз уни (Қуръонни) бир нур қилдикки, у билан бандаларимиздан Ўзимиз хоҳлаган кишиларни ҳидоят Қилурмиз. Албатта сиз (ўзингизга тушган ваҳий ёрдамида) Тўғри Йўлга етаклайсиз.
Yaʼni, ey, Muhammad, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlarga yuqorida ba±n qilganimizdek uslublar ila vahiy qilib kelganmiz.
«Ana shunga oʻxshash, Biz senga oʻz amrimizdan bir ruhni vahiy qildik.»
Yaʼni, avvalgi Paygʻambarlarga vahiy qilganimizdek, Oʻz ixti±rimiz va amrimiz ila insoniyatga maʼnaviy ruh-jon qilib, senga Qurʼonni tushirdik. Alloh taolo bu oyati karimada Qurʼoni Karimni, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy orqali yuborgan soʻnggi kitobini ruh-jon, deb atamoqda. Darhaqiqat, Qurʼoni Karim insoniyat uchun maʼnaviy ruhdir. Faqat Qurʼoni Karim insoniyat uchun maʼnaviy ruhdir. Faqat u bilangina insoniyat maʼnaviy jihatdan tirik boʻla oladi. Qurʼon Allohning kalomidir. Uni Alloh taoloning Oʻzi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy orqali nozil qilgandir. Kofir va mushriklar daʼvo qila±tgandek, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Qurʼonni oʻzlari toʻqib olgan emaslar. Buning boʻlishi mumkin ham emas edi. Chunki, vahiy kelmasdan oldin:
«Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding».
Oʻqish, ±zishni oʻrganmagan ummiy eding. Din nima, di±nat nima, vahiy nima, ilohiy kitob nima, bilmas ham eding. Agar bularni bilganingda, oʻqib-oʻrganganlaridan taʼsirlanib, oʻziga din toʻqib oldi, kitob nozil boʻldi, deb daʼvo qilmoqda, desalar boʻlar edi.
«Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz.»
Oʻsha kitob–Qurʼonni sen toʻqiganing yoʻq. Uni Biz oʻzimiz bir nur qilib qoʻydik. Oʻsha nur ila bandalarimizdan kimni xohlasak johiliyat zulmatlaridan Islom-iymon ±rugʻligiga chiqaramiz. Ushbu kitobga amal qila borib,
«Albatta, sen toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilursan».