QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят11

وَٱلَّذِى نَزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍ فَأَنشَرْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ۚ كَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot osmondan o`lchov ila suv tushirdi. Bas, biz u(suv) ila o`lik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga o`xshash chiqarilursiz.У зот осмондан ўлчов ила сув туширди. Бас, биз у(сув) ила ўлик юртни тирилтирдик. Сиз ҳам шунга ўхшаш чиқарилурсиз.Alauddin Mansour: Oʻsha Zot osmondan (aniq) oʻlchov bilan suv-yomgʻir yogʻdirdi. Bas, Biz u (suv) bilan «oʻlik» shahar-qishloqlarni) tiriltirdik (yaʼni, quruq yerdan turli-tuman giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomat Kunida qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar.Ўша Зот осмондан (аниқ) ўлчов билан сув-ёмғир ёғдирди. Бас, Биз у (сув) билан «ўлик» шаҳар-қишлоқларни) тирилтирдик (яъни, қуруқ ердан турли-туман гиёҳларни чиқардик). Сизлар ҳам (Қиёмат Кунида қабрларингиздан) мана шундай чиқарилурсизлар.

490-sahifa · 25-juz · 49-hizb490-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِىva U zotkiва У зоткиنَزَّلَtushirdiтуширдиمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонمَآءًۢsuvсувبِقَدَرٍۢoʻlchov ilaўлчов илаفَأَنشَرْنَاbas, Biz tiriltirdikбас, Биз тирилтирдикبِهِۦu ilaу илаبَلْدَةًۭyurtniюртниمَّيْتًۭا ۚoʻlikўликكَذَٰلِكَshunga oʻxshashшунга ўхшашتُخْرَجُونَchiqarilursizчиқарилурсиз
TafsirТафсир

Osmonu yerni yaratgan, aziyzu oʻta ilmli Alloh osmondan yomgʻir, qor yogʻdirib, oʻlchov ila suv tushiradi. Suv bilan oʻlib yotgan yerlarni tiriltirdi. Ularga hayot baxsh etdi. Bu ishga qodir Zot sizni oʻlganingizdan soʻng qayta tiriltirishga ham qodirdir.

Qiyomat kuni:

«Siz ham shunga oʻxshash chiqarilursiz».

Yaʼni, Alloh taolo oʻlik yurtlarga yomgʻir yogʻdirib, yer ostidagi oʻsimliklarni undirib chiqarganidek, qiyomat kuni siz ham qabrlaringizdan chiqarilasiz.

Oqibat shunday boʻlgach, fursat borida oʻzingizni oʻnglab, iymonga kelib, Allohning bandaligini qiling.