وَجَعَلُوا۟ لَهُۥ مِنْ عِبَادِهِۦ جُزْءًا ۚ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَكَفُورٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular bandalaridan Unga bo`lak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir.Улар бандаларидан Унга бўлак (ҳукм) қилдилар. Албатта, инсон очиқ-ойдин ношукрдир.Alauddin Mansour: Ular (mushriklar, Alloh) uchun Oʻz bandalaridan (ayrimlarini, yaʼni farishtalarni) juzʼ-boʻlak qildilar! (Allohning bandalari boʻlgan farishtalarni «U zotning qizlari, yaʼni Uning bir juzʼi, dedilar. Chunki farzand otaning juzʼidir). Darhaqiqat, inson ochiq-oydin koʻrnamak-noshukurdir!Улар (мушриклар, Аллоҳ) учун Ўз бандаларидан (айримларини, яъни фаришталарни) жузъ-бўлак қилдилар! (Аллоҳнинг бандалари бўлган фаришталарни «У зотнинг қизлари, яъни Унинг бир жузъи, дедилар. Чунки фарзанд отанинг жузъидир). Дарҳақиқат, инсон очиқ-ойдин кўрнамак-ношукурдир!
Yaʼni, mushriklar U zotning bandalaridan boʻlmish farishtalarni Allohning boʻlagi–farzandi deb hukm qildilar. Farzandi ota-onaning parchasi hisoblanadi. Shuning uchun ham, mushriklarning, farishtalar Allohning qizlaridir, degan aqiydalari, ular Allohning boʻlagidir, deyish bilan teng deyilmoqda. Aslida esa, farishtalar Allohning boʻlagi–farzandi emas, U zotning bandalaridir. Shunday boʻlgandan keyin, ey, mushriklar, bu hukmingiz qanday hukm?!