QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят18

أَوَمَن يُنَشَّؤُا۟ فِى ٱلْحِلْيَةِ وَهُوَ فِى ٱلْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zebu ziynat ichida o`stiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin bo`la olmaydigan kimsanimi?!Зебу зийнат ичида ўстириладиган ва хусумат пайтида очиқ-ойдин бўла олмайдиган кимсаними?!Alauddin Mansour: «Hali zeb-ziynat ichida oʻstiriladigan, (hech qanday) janjal-munozarada (oʻz maqsadini) ochiq-ravshan bayon qilib bera olmaydigan (ojiz notavon qiz bolami)?!»«Ҳали зеб-зийнат ичида ўстириладиган, (ҳеч қандай) жанжал-мунозарада (ўз мақсадини) очиқ-равшан баён қилиб бера олмайдиган (ожиз нотавон қиз болами)?!»

490-sahifa · 25-juz · 49-hizb490-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَمَنyoki kimsanimiёки кимсанимиيُنَشَّؤُا۟oʻstiriladiganўстириладиганفِىichidaичидаٱلْحِلْيَةِzebu ziynatзебу зийнатوَهُوَva uва уفِى-da-даٱلْخِصَامِxusumatхусуматغَيْرُemasэмасمُبِينٍۢochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Maʼlumki, qiz bola nozik boʻladi. Ayol tabiatan zebu ziynatni sevadi. Shu bois, u zebu ziynat va bezaklar ichida, avaylab oʻstiriladi. Urush-janjal, talashib-tortishishga yaramaydi. Mushriklar hayoti esa, koʻproq urush-janjal, jangu jidol bilan oʻtar edi. Bu talashib-tortishishlar va oʻzaro urushlarda ularga oʻgʻil bolalar kerak. Qizlarni yomon koʻrishlarining sabablaridan biri ham shu. Shunday ekan, nima uchun oʻzlariga yoqmagan narsani Allohga nisbat beradilar? Ularning bu ishlari oʻzlarining tasavvurlari va dunyoqarashlariga asosan ham oʻta noinsoflik-ku?!