وَجَعَلُوا۟ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ ٱلَّذِينَ هُمْ عِبَـٰدُ ٱلرَّحْمَـٰنِ إِنَـٰثًا ۚ أَشَهِدُوا۟ خَلْقَهُمْ ۚ سَتُكْتَبُ شَهَـٰدَتُهُمْ وَيُسْـَٔلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Rohmanning bandalari bo`lmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh bo`ldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va so`roqqa tutilurlar!Улар Роҳманнинг бандалари бўлмиш фаришталарни аёллар ҳисобладилар. Ёки уларнинг яратилишига гувоҳ бўлдиларми?! Албатта, бу гувоҳликлари ёзилур ва сўроққа тутилурлар!Alauddin Mansour: (Holbuki), oʻzlari Rahmonning bandalari boʻlmish farishtalarni «Qizlar», dedilar! Yo ular (Alloh farishtalarni) yaratishiga guvoh boʻlganmidilar?! Ularning bu «guvoh»liklari albatta (nomai aʼmollariga) yozilur va ular (Qiyomat Kunida) soʻroqqa tutilurlar!(Ҳолбуки), ўзлари Раҳмоннинг бандалари бўлмиш фаришталарни «Қизлар», дедилар! Ё улар (Аллоҳ фаришталарни) яратишига гувоҳ бўлганмидилар?! Уларнинг бу «гувоҳ»ликлари албатта (номаи аъмолларига) ёзилур ва улар (Қиёмат Кунида) сўроққа тутилурлар!
Mushriklar Rohman sifatiga ega Allohning bandalari boʻlgan farishtalarni, oʻzlaricha, ayol kishilar hisoblaydilar. Bunday qilishga ularning nima haqqi bor?
«Yoki ularning yaratilishiga guvoh boʻldilarmi?!»
Yaʼni, Alloh taolo farishtalarni yaratayotgan paytda mushriklar guvoh boʻlib turgan edimi? Alloh oʻshanda farishtalarni ayol qilib yaratganini koʻrib qolgan edilarmi?!
«Albatta, bu guvohliklari yozilur va soʻroqqa tutilurlar!»
Hech shak-shubha yoʻqki, mushriklarning, farishtalar Allohning qizlaridir, degan daʼvolari nomai aʼmollariga yozib qoʻyiladi va qiyomat kuni bu haqda soʻroqqa tutiladilar.
Bu ham yetmaganidek: