QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят20

وَقَالُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱلرَّحْمَـٰنُ مَا عَبَدْنَـٰهُم ۗ مَّا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yo`q. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.Улар: «Агар Роҳман хоҳлаганида, биз уларга ибодат қилмас эдик», дедилар. Уларда бу ҳақда ҳеч бир илм йўқ. Улар фақат алжирамоқдалар, холос.Alauddin Mansour: Ular: «Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (yaʼni, farishtalarga «ular Allohning qizlari», degan eʼtiqod bilan) ibodat qilmagan boʻlur edik», dedilar. Ular uchun bu haqda hech qanday bilim-asos yoʻqdir. Ular faqat yolgʻon soʻzlamoqdalar!Улар: «Агар Раҳмон хоҳлаганида, бизлар уларга (яъни, фаришталарга «улар Аллоҳнинг қизлари», деган эътиқод билан) ибодат қилмаган бўлур эдик», дедилар. Улар учун бу ҳақда ҳеч қандай билим-асос йўқдир. Улар фақат ёлғон сўзламоқдалар!

490-sahifa · 25-juz · 49-hizb490-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларلَوْagarагарشَآءَxohlaganidaхоҳлаганидаٱلرَّحْمَـٰنُRohmanРоҳманمَاemasэмасعَبَدْنَـٰهُم ۗularga ibodat qilar edikуларга ибодат қилар эдикمَّاemasэмасلَهُمulardaулардаبِذَٰلِكَbu haqdaбу ҳақдаمِنْhech birҳеч бирعِلْمٍ ۖilmилмإِنْemasэмасهُمْularуларإِلَّاmagarмагарيَخْرُصُونَaljiramoqdalarалжирамоқдалар
TafsirТафсир

Maʼlumki, mushriklar orasida farishtalarga sigʻinadiganlari ham bor edi. Ulardan, nega farishtalarga ibodat qilasiz, deb soʻralsa, Allohning qizlaridir, shuning uchun ularga ibodat qilamiz, deb javob qilar edilar. Albatta, farishtalar Allohning qizlari ekanligi qanchalik botil boʻlsa, ularga topinish ham shunchalik botil ishdir. Aql ishlatib, dalil surishtirilsa, bu haqiqat darhol ayon boʻladi. Mushriklarning farishtalarga ibodat qilishlari oʻta mantiqsiz ekanligi yuzaga chiqadi. Ana shunda ular vaziyatdan qutulish uchun hiyla yoʻliga oʻtadilar.

«Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar.»

Yaʼni, mushriklar, agar Alloh xohlaganida, biz farishtalarga ibodat qilmas edik, bu ish bizning xohishimiz bilan emas, Allohning istagi ila boʻlmoqda, axir, bu dunyoda har bir narsa Alloh taoloning xohishi bilan boʻladi-ku, demoqchilar. Bu, aslida, botilni iroda qilib aytilgan haq gapdir. Dunyodagi har bir ish Alloh taoloning irodasi bilan boʻlishi haq, ammo, Alloh farishtalarga ibodat qilishimizga rozi boʻldi, deyishlik botildir. Chunki, Alloh taolo har bir insonga hidoyat yoki zalolatni tanlash imkoniyatini ham berib qoʻygan. Soʻngra unga hidoyat yoʻlini tanlashni buyurgan. Agar inson hidoyat yoʻlini tanlasa, rozi, kufr va zalolat yoʻlini tanlasa, norozi boʻlishini aytgan. Mushriklar esa, oʻzlarini oqlash uchun bahona toʻqimoqdalar. Holbuki,

«Ularda bu haqda hech bir ilm yoʻq».

Qayerdan ham ularda ilm boʻlsin? Axir:

«Ular faqat aljiramoqdalar, xolos».

Hech bir hujjat yoki dalilsiz, xayollariga kelgan narsani vaysamoqdalar, xolos.