وَٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُبِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ochiq-oydin kitob ila qasam.Очиқ-ойдин китоб ила қасам.Alauddin Mansour: Ochiq-ravshan Kitobga — Qurʼonga qasamki,Очиқ-равшан Китобга — Қуръонга қасамки,
Yaʼni, aql yuritasiz degan maqsadda oxirgi kitobimizni arab tilida nozil etdik.
Alloh taolo Oʻzining oxirgi kitobi uchun arab tilini tanlagani va bu kitobni hayotga tatbiq etish uchun arab Paygʻambar va arab xalqini tanlagani sabablari avval aytib oʻtildi. Albatta, bu oyatlar arablar uchun sharaf boʻlishi bilan birga, ular ustiga juda ulkan masʼuliyat ham yuklaydi. Qurʼonga, iymonga, Islomga xizmat qilishdek katta masʼuliyatni qoʻyadi. Arablar aqllarini ishlatib, oʻzlariga yuklatilgan buyuk vazifani tushunib yetishlari va unga loyiq xizmat qilishlari lozim boʻladi.