إِنَّا جَعَلْنَـٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz uni arabcha Qur'on qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz.Албатта, Биз уни арабча Қуръон қилдик. Шоядки, ақл юритсангиз.Alauddin Mansour: albatta Biz uni sizlar aql yurgizishingiz (maʼno-mazmunini fahmlashingiz) uchun arabiy Qurʼon qildik.албатта Биз уни сизлар ақл юргизишингиз (маъно-мазмунини фаҳмлашингиз) учун арабий Қуръон қилдик.
Yaʼni, aql yuritasiz degan maqsadda oxirgi kitobimizni arab tilida nozil etdik.
Alloh taolo Oʻzining oxirgi kitobi uchun arab tilini tanlagani va bu kitobni hayotga tatbiq etish uchun arab Paygʻambar va arab xalqini tanlagani sabablari avval aytib oʻtildi. Albatta, bu oyatlar arablar uchun sharaf boʻlishi bilan birga, ular ustiga juda ulkan masʼuliyat ham yuklaydi. Qurʼonga, iymonga, Islomga xizmat qilishdek katta masʼuliyatni qoʻyadi. Arablar aqllarini ishlatib, oʻzlariga yuklatilgan buyuk vazifani tushunib yetishlari va unga loyiq xizmat qilishlari lozim boʻladi.