وَإِنَّهُۥ فِىٓ أُمِّ ٱلْكِتَـٰبِ لَدَيْنَا لَعَلِىٌّ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir.Албатта, у ҳузуримиздаги она китобдадир, у олийдир, ҳикматлидир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, u Bizning dargohimizdagi Asl Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) yuksak (martabali) va hikmatli (Kitobdir).Дарҳақиқат, у Бизнинг даргоҳимиздаги Асл Китобда (Лавҳул-Маҳфузда) юксак (мартабали) ва ҳикматли (Китобдир).
Ushbu oyatda Qurʼoni Karim Alloh taolo nazdida qanchalik yuksak maqomga ega ekani koʻrinib turibdi.
«Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir.»
Ulamolarimiz, «ona kitob»dan murod Lavhul Mahfuzdir, deganlar. Demak, Qurʼoni Karim Alloh taoloning huzuridagi Lavhul Mahfuzda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zoʻr qadrlaganini koʻrsatadi.
«U oliydir, hikmatlidir.»
Yaʼni, Qurʼon oliy martabali va serhikmat kitobdir.
Lekin shunga qaramay odamlar bu kitobni inkor qiladilar, unga shak keltiradilar va undan yuz oʻgiradilar. Alloh taolo kelasi oyatlarda mana shunaqa toifa kofirlarga tahdid ila xitob qiladi: