أَفَنَضْرِبُ عَنكُمُ ٱلذِّكْرَ صَفْحًا أَن كُنتُمْ قَوْمًا مُّسْرِفِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nahotki, siz isrofchi qavm bo`lganingiz uchun sizdan yuz o`girib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?!Наҳотки, сиз исрофчи қавм бўлганингиз учун сиздан юз ўгириб, зикр(эслатма)ни буриб юборсак?!Alauddin Mansour: Bas, (kufru isyonda) haddan oshuvchi qavm boʻlganlaringiz uchun Biz sizlardan bu Eslatmani burib (sizlarni oʻz hollaringizga tashlab) qoʻyurmizmi?!Бас, (куфру исёнда) ҳаддан ошувчи қавм бўлганларингиз учун Биз сизлардан бу Эслатмани буриб (сизларни ўз ҳолларингизга ташлаб) қўюрмизми?!
Kofirlar Qurʼonga iymon keltirmasliklari bilan oʻta isrofchi ekanlarini, yaʼni, Alloh ularga bergan neʼmatlarni oʻz joyiga emas, balki bekordan-bekorga sarflovchi kishilar ekanlarini koʻrsatdilar. Aslida, Alloh taolo ularning tillarida kitob tushirishi ular uchun ulugʻ neʼmat emasmi? Alloh taolo bu kitob ila ularga ikki dunyo saodati yoʻlini koʻrsatib qoʻyishi ulugʻ neʼmat emasmi? Alloh taolo ularga bu kitobni qiyomat kuniga eslatma qilib qoʻyishi ulugʻ neʼmat emasmi? Ushbu oliy martabali va serhikmat ochiq- oydin kitobga ishonmaslikdan ham ortiq isrofgarchilik bormi? Ana shu darajadagi nobakor, zolim va isrofchi kishilarni tek qoʻyib qoʻyish mumkinmi?
«Nahotki, siz isrofchi qavm boʻlganingiz uchun sizdan yuz oʻgirib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?!»
Yaʼni, Qurʼonni bular qabul qilmas ekan, mayli, yuraversinlar, deb uni boshqalar tomonga burib yuborsak, toʻgʻri boʻladimi?! Yoʻq, Bizning odatimiz bunday emas. Asl odatimizni bilish uchun oʻtgan Paygʻambar va ummatlarning holiga bir nazar soling!