بَلْ مَتَّعْتُ هَـٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ وَرَسُولٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Payg`ambar kelguncha foydalantirdim.Мен эса, анавиларни ва уларнинг ота-боболарини, то уларга ҳақ ҳамда очиқ-ойдин Пайғамбар келгунча фойдалантирдим.Alauddin Mansour: Men esa (Ibrohim avlodlaridan boʻlgan, ammo u qoldirgan Soʻzga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini ham to ularga Haq — Qurʼon va ochiq-ravshan paygʻambar (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) kelgunicha (uzun umr va farovon hayot bilan) foydalantirdim.Мен эса (Иброҳим авлодларидан бўлган, аммо у қолдирган Сўзга итоат этмаган) ана у (Макка аҳолиси)ни ҳам, уларнинг ота-боболарини ҳам то уларга Ҳақ — Қуръон ва очиқ-равшан пайғамбар (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) келгунича (узун умр ва фаровон ҳаёт билан) фойдалантирдим.
Oyati karimadagi «anavi»lardan murod mushriklardir. Alloh ularni haqir sanab «anavi»lar demoqda. Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga oid gap-soʻzlarni qoʻyib, mushriklarning bevosita oʻzlariga tegishli soʻzlarni boshlamoqda. Oʻsha mushriklarga va ularning ota bobolariga haq Qurʼon va ochiq-oydin Paygʻambar– Muhammad sollallohu alayhi vasallam kelgunga qadar dunyo neʼmatlaridan foydalantirib turganini eslatmoqda. Ularni yaratib, shunchalar foydalantirgan Zot ularga haq kitobni nozil qilib, ochiq-oydin Paygʻambarni yuborganda xursandlik bilan kutib olib, darhol iymon keltirishlari lozim edi.
Ammo, ular tamoman teskari ish tutdilar.