QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят28

وَجَعَلَهَا كَلِمَةًۢ بَاقِيَةً فِى عَقِبِهِۦ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bu (so`z)ni u o`z ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar.Ва бу (сўз)ни у ўз ортидан зурриётига боқий қолгувчи қилди. Шоядки (иймонга) қайтсалар.Alauddin Mansour: U (Ibrohim) oʻshani (yaʼni, oʻzining yolgʻiz Allohga ibodat qilishi haqidagi soʻzni oʻzidan keyin keladigan zurriyot-avlodlari ham unga) qaytishlari uchun oʻz ortida qolguvchi soʻz qildi.У (Иброҳим) ўшани (яъни, ўзининг ёлғиз Аллоҳга ибодат қилиши ҳақидаги сўзни ўзидан кейин келадиган зурриёт-авлодлари ҳам унга) қайтишлари учун ўз ортида қолгувчи сўз қилди.

491-sahifa · 25-juz · 50-hizb491-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلَهَاva uni qildiва уни қилдиكَلِمَةًۢsoʻzсўзبَاقِيَةًۭboqiy qolguvchiбоқий қолгувчиفِىichidaичидаعَقِبِهِۦoʻz zurriyotiўз зурриётиلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَرْجِعُونَqaytsalarқайтсалар
TafsirТафсир

Yaʼni, Ibrohim alayhissalom Allohdan oʻzga hech bir ilohga ibodat qilmaslik haqidagi soʻzni, boshqacha aytganda, «Laa ilaaha Illalloh»ni oʻzidan keyin keladigan zurriyotlari ichida boqiy qoladigan qildi. Shoyadki, zurriyotlari kufr va shirkdan iymonga qaytsalar. Ibrohim alayhissalom Paygʻambarlarning otasi hisoblanadilar. Zotan, keyin yuborilgan barcha Paygʻambarlar, jumladan, Muso, Iyso va Muhammad alayhissalom ham oʻsha zotning zurriyotlari sanaladilar. Ana oʻshalar va ularga ergashganlar orqali tavhid kalimasi yer yuzida boqiy qolib kelmoqda.