إِلَّا ٱلَّذِى فَطَرَنِى فَإِنَّهُۥ سَيَهْدِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.Магар мени яратган Зотдангина (воз кечмасман). Албатта, У зот мени ҳидоят қилур», деган эди.Alauddin Mansour: Magar meni yaratgan Zotgagina (ibodat qilurman). Bas, albatta U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak».Магар мени яратган Зотгагина (ибодат қилурман). Бас, албатта У мени (Ҳақ динга) ҳидоят қилажак».
Yaʼni, ey Muhammad, sen Ibrohimni esla. U, «Ibrohimning millatidanmiz, ota-bobolarimizning izlaridan ergashamiz», deb daʼvo qilayotgan mana bu mushriklarga mutlaqo oʻxshamas edi. «Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman...» degan edi. U oʻz otasiga va qavmiga: «Ey otam, ey qavmim, men siz ibodat qilayotgan narsalarning birortasiga ham ibodat qilmayman», degan edi. «Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman).» Faqat yolgʻiz U zotning Oʻzigagina ibodat qilaman. «Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.» Faqatgina meni yaratgan zot, Allohgina meni ikki dunyo saodatiga hidoyat qiladi, boshqa hech qanday zot hidoyat qila olmaydi. Shuning uchun ham, faqatgina U zotning Oʻzigagina ibodat qilish matlub.