QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят26

وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦٓ إِنَّنِى بَرَآءٌ مِّمَّا تَعْبُدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.Эсла, Иброҳим отасига ва қавмига: «Мен, албатта, сиз ибодат қилаётган нарсадан воз кечгувчиман.Alauddin Mansour: Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: «Albatta men sizlar ibodat qilayotgan butlardan pokdirman.Эсланг, Иброҳим отасига ва қавмига деган эди: «Албатта мен сизлар ибодат қилаётган бутлардан покдирман.

491-sahifa · 25-juz · 50-hizb491-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаقَالَdegan ediдеган эдиإِبْرَٰهِيمُIbrohimИброҳимلِأَبِيهِotasigaотасигаوَقَوْمِهِۦٓva qavmigaва қавмигаإِنَّنِىalbatta, menалбатта, менبَرَآءٌۭvoz kechguvchimanвоз кечгувчиманمِّمَّاnarsadanнарсаданتَعْبُدُونَsiz ibodat qilayotganсиз ибодат қилаётган
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, sen Ibrohimni esla. U, «Ibrohimning millatidanmiz, ota-bobolarimizning izlaridan ergashamiz», deb daʼvo qilayotgan mana bu mushriklarga mutlaqo oʻxshamas edi. «Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman...» degan edi. U oʻz otasiga va qavmiga: «Ey otam, ey qavmim, men siz ibodat qilayotgan narsalarning birortasiga ham ibodat qilmayman», degan edi. «Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman).» Faqat yolgʻiz U zotning Oʻzigagina ibodat qilaman. «Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.» Faqatgina meni yaratgan zot, Allohgina meni ikki dunyo saodatiga hidoyat qiladi, boshqa hech qanday zot hidoyat qila olmaydi. Shuning uchun ham, faqatgina U zotning Oʻzigagina ibodat qilish matlub.