فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilguvchilarning oqibati qanday bo`ldi?!Бас, Биз улардан интиқом олдик. Энди назар сол. (Пайғамбарларни) ёлғончи қилгувчиларнинг оқибати қандай бўлди?!Alauddin Mansour: Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi u (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilguvchilarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻring!Бас, Биз улардан интиқом олдик. Энди у (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилгувчиларнинг оқибатлари қандай бўлганини кўринг!
Biz ularning kufrlari uchun munosib jazo berdik:
«Bas, Biz ulardan intiqom oldik».
Intiqom olishimiz turlicha boʻlgan.
«Endi nazar sol.»
Shoshilmay nazar solib, oʻrganib chiq. Alloh tomonidan kelgan Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqargan har bir qavmning tarixini oʻrganib chiq.
«(Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilguvchilarning oqibati qanday boʻldi?!»
Bundoq qavmlarning barchasining oqibati voy boʻlgan. Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqargan qavmlardan birortasi ham salomat qolmagan.
Bundan buyon ham kim Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarsa, avvalgi kofir-mushriklar uchragan baloga yoʻliqadi.
Yuqoridagi oyatlarda mushriklarning ota-bobolariga koʻr-koʻrona taqlid etishlarining bayoni keldi. Endigi oyatlarda ularning qilmishlari behuda daʼvo va notoʻgʻri ish ekanini isbotlovchi dalil keltiriladi. Xalilur Rohman (Allohning xalili) Ibrohim alayhissalomning qissalari soʻzlanadi.
Maʼlumki, arablar, xususan, Hijoz arablari oʻzlarini Ibrohim alayhissalom sulolasidan, deb bilishar va u zotdek ulugʻ Paygʻambar bobolari borligi bilan juda faxrlanishar edi. Bu esa, ularning, biz ota-bobolarimizga ergashamiz, degan gaplarining mutlaqo notoʻgʻriligiga yorqin hujjat edi. Chunki, ular oʻzlarining eng katta bobolari Ibrohim alayhissalomga ergashmayotganlari aniq edi. Agar ular bobolari Ibrohim alayhissalomga ergashsalar, mushrik boʻlishmasdi. Chunki, Ibrohim alayhissalom hech qachon Allohga shirk keltirgan emaslar. Balki shirkka qarshi ashaddiy kurashchi boʻlganlar. Ikkinchidan, Ibrohim alayhissalom ota-bobolariga koʻr-koʻrona ergashmaganlar, balki mushrik otalari va qavmlariga qarshi chiqqanlar va ularni tavhidga daʼvat etganlar.