۞ قَـٰلَ أَوَلَوْ جِئْتُكُم بِأَهْدَىٰ مِمَّا وَجَدتُّمْ عَلَيْهِ ءَابَآءَكُمْ ۖ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan bo`lsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.У (огоҳлантирувчи): «Агар мен сизга сиз ота-бобонгизни устида топган нарсангиздан ҳам ҳидоятлироқни келтирган бўлсам ҳам-а?!» – деди. Улар: «Биз сен ила юборилган нарсага кофирдирмиз», дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda paygʻambarlari ularga) «Agar men sizlarga sizlar ota-bobolaringizni (eʼtiqod qilgan hollarida) topgan dindan toʻgʻriroq dinni keltirgan boʻlsam ham-a?», deganida, ular: «Albatta bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan dinga kofirdirmiz», dedilar.(Шунда пайғамбарлари уларга) «Агар мен сизларга сизлар ота-боболарингизни (эътиқод қилган ҳолларида) топган диндан тўғрироқ динни келтирган бўлсам ҳам-а?», деганида, улар: «Албатта бизлар сизлар элчи қилиб юборилган динга кофирдирмиз», дедилар.
Yaʼni, oʻsha nobakor qavmga ularni kufrning yomon oqibatidan ogohlantiruvchi boʻlib kelgan Paygʻambar:
«Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan boʻlsam ham-a?!» – dedi».
Yaʼni, men keltirgan din, sizning ota-bobongizning dinidan koʻra hidoyatliroq boʻlsa ham siz ota- bobongizning dinida yurishni davom ettiraverasizmi?! Men keltirgan dinni inkor qilishda davom etaverasizmi?!–dedi. Shunda,
«Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar».
Noiloj qolgan kofirlar gapni xaspoʻshlashni yigʻishtirib, ochigʻini aytishdi. Oʻz kofirliklarini tan olishdi. Biz kofirmiz, deyishdi.
Shu bois ham,