وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانُ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنَ ٱلْقَرْيَتَيْنِ عَظِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ushbu Qur'on ikki shahardan (birida) bo`lgan ulug` kishiga nozil qilinganida edi», dedilar.Улар: «Ушбу Қуръон икки шаҳардан (бирида) бўлган улуғ кишига нозил қилинганида эди», дедилар.Alauddin Mansour: Yana ular: «Bu Qurʼon ikki qishloq(ning biri)dan boʻlgan ulugʻ odamga nozil qilinganida edi», dedilar.Яна улар: «Бу Қуръон икки қишлоқ(нинг бири)дан бўлган улуғ одамга нозил қилинганида эди», дедилар.
Mushriklar aytayotgan «ikki shahar» Makka va Toif shaharlaridir.
Allohning kalomi Qurʼoni Karimni inkor etib, uni «sehr» deb, kufr keltirgan mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallamdek yetim, kambagʻal va hech bir mansab egasi boʻlmagan kishining Paygʻambarligini ham inkor etdilar. Ularning johiliy oʻlchovlari boʻyicha, molu dunyosi koʻp, mansabi, hukmi va sultoni bor odam «ulugʻ kishi» deb eʼtirof etilardi. Ana shunday odam Paygʻambar boʻlishga loyiq edi.
Oʻsha paytda mushriklarning bu maqomga nomzodlari ham bor edi. Makkada al-Valid ibn Mugʻiyra, Toifda Urvatu ibn Masʼud as-Saqafiy ismli odamlar boʻlib, mushriklar: ana shulardan biri Paygʻambar boʻlsa arziydi, degan fikrda edilar. Mushriklarning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼon nozil boʻlganidan keyin iymon keltirmasdan:
«Ushbu Qurʼon ikki shahardan (birida) boʻlgan ulugʻ kishiga nozil qilinganida edi», deyishlariga sabab shudir.
Lekin kimni Paygʻambar qilishni Alloh taoloning Oʻzi juda yaxshi biladi. Alloh Oʻz Paygʻambarining mol-dunyoli emas, balki odob-axloqli odam boʻlishini xohladi. Shuning uchun ham, oʻsha talablarga toʻliq javob beradigan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Paygʻambar oʻlaroq tanladi.
Mushriklar Allohning ishiga aralashib nima qiladilar?