QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят32

أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُم مَّعِيشَتَهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَـٰتٍ لِّيَتَّخِذَ بَعْضُهُم بَعْضًا سُخْرِيًّا ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo`yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.Ёки улар Роббингнинг раҳматини тақсимлайдиларми? Биз ҳаёти дунёда уларнинг ораларида маишатларини тақсимладик ва баъзилари баъзиларини хизматкор қилиб олишлари учун айримларининг даражаларини айримларидан устун қилиб қўйганмиз. Роббингнинг раҳмати улар жамлайдиган нарсадан яхшидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringizning rahmati (boʻlmish paygʻambarlik)ni oʻshalar taqsimlaydilarmi?! (Yoʻq, aslo undoq emas!) Ularning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning oʻrtalarida Biz Oʻzimiz taqsimlaganmiz va baʼzilari baʼzilarini qoʻl ostiga olib (ishlatish) uchun ayrimlarini ayrimlaridan baland daraja-martabalarga koʻtarib qoʻyganmiz. Parvardigoringizning rahmati-paygʻambarlik esa ular toʻplaydigan narsa (mol-dunyo)laridan yaxshiroqdir. (Bas, Biz bu ulugʻ neʼmatni faqat Oʻzimiz tanlagan kishilargagina ato eturmiz).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингизнинг раҳмати (бўлмиш пайғамбарлик)ни ўшалар тақсимлайдиларми?! (Йўқ, асло ундоқ эмас!) Уларнинг ҳаёти дунёдаги маишат-тирикчиликларини ҳам уларнинг ўрталарида Биз Ўзимиз тақсимлаганмиз ва баъзилари баъзиларини қўл остига олиб (ишлатиш) учун айримларини айримларидан баланд даража-мартабаларга кўтариб қўйганмиз. Парвардигорингизнинг раҳмати-пайғамбарлик эса улар тўплайдиган нарса (мол-дунё)ларидан яхшироқдир. (Бас, Биз бу улуғ неъматни фақат Ўзимиз танлаган кишиларгагина ато этурмиз).

491-sahifa · 25-juz · 50-hizb491-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَهُمْularmiулармиيَقْسِمُونَtaqsimlaydilarтақсимлайдиларرَحْمَتَrahmatiniраҳматиниرَبِّكَ ۚRobbingningРоббингнингنَحْنُBizБизقَسَمْنَاtaqsimladikтақсимладикبَيْنَهُمularning oralaridaуларнинг ораларидаمَّعِيشَتَهُمْmaishatlariniмаишатлариниفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotҳаётٱلدُّنْيَا ۚdunyoдунёوَرَفَعْنَاva ustun qildikва устун қилдикبَعْضَهُمْbaʼzilariniбаъзилариниفَوْقَustidanустиданبَعْضٍۢbaʼzilariбаъзилариدَرَجَـٰتٍۢdarajalar ilaдаражалар илаلِّيَتَّخِذَolishlari uchunолишлари учунبَعْضُهُمbaʼzilariбаъзилариبَعْضًۭاbaʼzilariniбаъзилариниسُخْرِيًّۭا ۗxizmatkorхизматкорوَرَحْمَتُva rahmatiва раҳматиرَبِّكَRobbingningРоббингнингخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирمِّمَّاnarsadanнарсаданيَجْمَعُونَular jamlaydiganулар жамлайдиган
TafsirТафсир

Nima uchun mushriklar, falonchi emas, pistonchi Paygʻambar boʻlsin, deydilar.

«Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi?!»

Paygʻambarlik Allohning bandalariga beradigan eng katta rahmatidir. Oʻsha rahmatni kimga taqsim qilish mushriklarning ixtiyoridami?!

Rahmatni taqsimlash yolgʻiz Alloh taoloning ishi, Paygʻambarlik u yoqda tursin, oddiy rizq-roʻzni ham oʻsha kofirlarga-da U zotning Oʻzi taqsimlaydi.

«Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maiyshatlarini taqsimladik.»

Bu dunyo hayotida maiyshat, rizq-roʻz odamlar orasida Alloh tomonidan turlicha taqsimlangan. Bir shaxsning rizqi boshqasinikidan, bir jamiyatniki ikkinchisinikidan, bir zamonniki boshqa zamonnikidan farqli boʻladi. Kishilar oʻrtasidagi rizq turli darajada boʻlishi ham hikmatlidir. Buni quyidagi jumla bayon qiladi:

«...va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻyganmiz».

Bu degani, pulsizlarni puli koʻplarga qul, choʻri yoki xizmatkor qilib qoʻyganmiz, degani emas. Balki, insonlar rizq-roʻzdagi tafovutlari tufayli bir-birlariga xizmat qiladilar, deganidir. Ana shu asosda davlat rahbari dehqonga, dehqon davlat rahbariga, boy kambagʻalga, kambagʻal boyga xizmat qiladi. Bu dunyodagi rizq masalasi ana shundan iborat.

«Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.»

U rahmatni Alloh taolo Oʻzi xohlagan bandasiga beradi. Chunki, bu buyuk ilohiy rahmat boʻlmish Paygʻambarlik va dunyoning matohi, hoyi-havasi orasida hech qanday aloqa yoʻqdir. Bunday maʼnaviy neʼmatlar faqat pok, taqvodor va dunyo matohiga oʻzini urmagan kishilarga beriladi.

Dunyoning zebu ziynati, hoyi-havasi, mol-mulki va obroʻ-eʼtiborini kim xohlasa, olaversin.