QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят33

وَلَوْلَآ أَن يَكُونَ ٱلنَّاسُ أُمَّةً وَٰحِدَةً لَّجَعَلْنَا لِمَن يَكْفُرُ بِٱلرَّحْمَـٰنِ لِبُيُوتِهِمْ سُقُفًا مِّن فِضَّةٍ وَمَعَارِجَ عَلَيْهَا يَظْهَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar odamlar bir millat bo`lib qolishlari (xavfi) bo`lmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qo`yar edik.Агар одамлар бир миллат бўлиб қолишлари (хавфи) бўлмаганда, албатта, Биз Роҳманга куфр келтирадиганларнинг уйлари шифтини ва унга чиқадиган нарвонларини кумушдан қилиб қўяр эдик.Alauddin Mansour: Agar (iymonsiz kimsalarning boy-badavlat, toʻkin-sochinlikda yashayotganlarini koʻrishib, barcha) odamlar bir millat (yaʼni, kofir) boʻlib olishlari boʻlmaganida edi, albatta Biz Rahmonga (yaʼni, Bizga) kofir boʻladigan kimsalar uchun uylarining shiftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qoʻygan boʻlur edik.Агар (иймонсиз кимсаларнинг бой-бадавлат, тўкин-сочинликда яшаётганларини кўришиб, барча) одамлар бир миллат (яъни, кофир) бўлиб олишлари бўлмаганида эди, албатта Биз Раҳмонга (яъни, Бизга) кофир бўладиган кимсалар учун уйларининг шифтларини ҳам, унга чиқадиган нарвонларни ҳам кумушдан қилиб қўйган бўлур эдик.

491-sahifa · 25-juz · 50-hizb491-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْلَآva agar boʻlmasa ediва агар бўлмаса эдиأَن-ki-киيَكُونَboʻlib qolishlariбўлиб қолишлариٱلنَّاسُodamlarодамларأُمَّةًۭbir millatбир миллатوَٰحِدَةًۭyagonaягонаلَّجَعَلْنَاalbatta, qilib qoʻyar edikалбатта, қилиб қўяр эдикلِمَنkimlargakiкимларгакиيَكْفُرُkufr keltiradiganкуфр келтирадиганبِٱلرَّحْمَـٰنِRohmangaРоҳмангаلِبُيُوتِهِمْuylari uchunуйлари учунسُقُفًۭاshiftlarniшифтларниمِّن-dan-данفِضَّةٍۢkumushкумушوَمَعَارِجَva narvonlarniва нарвонларниعَلَيْهَاuning ustigaунинг устигаيَظْهَرُونَchiqadiganчиқадиган
TafsirТафсир

Maʼlumki, moddiy narsalar odamlarga tezroq taʼsir qiladi. Bu dunyoga qiziqqan odamlar koʻproq boy-badavlat odamlardan oʻrnak olishga, ularga taqlid qilishga urinadilar. Insonni yaratgan Alloh taolo insondagi bu tabiatni yaxshi biladi va shunga binoan tadbir qiladi. Aslini olganda, bu dunyoning oʻtkinchi matohlari Alloh taolo nazdida shu qadar qadrsizki, U zot Oʻziga kufr keltiradiganlarni molu dunyo, zebu ziynatga koʻmib tashlashi hech gap emas. Istasa, oʻsha kofirlarning uylaridagi shiftlarigacha, yuqoriga chiqadigan narvon zinapoyalarigacha, eshiklariyu yotadigan soʻrilarigacha kumushdan qilib tashlaydi. Ammo, bu holni koʻrgan boshqa odamlar ham zebu ziynatga qiziqib, kofir boʻlsang, boy boʻlar ekansan deb, oʻzlarini kufrga urishlari, oqibatda hamma bir millat, yaʼni, kofir millatiga aylanib qolish xavfi paydo boʻladi. Shuning uchun, Alloh taolo bu ishni qilmaydi.