وَلِبُيُوتِهِمْ أَبْوَٰبًا وَسُرُرًا عَلَيْهَا يَتَّكِـُٔونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan so`rilarini ham.Ва уйларининг эшикларини ҳам, устида ёнбошлаб ётадиган сўриларини ҳам.Alauddin Mansour: Yana ularning uylarining eshiklarini ham, oʻzlari ustida suyanib-yastanib oʻtiradigan soʻrilarni ham (kumushdan qilib qoʻygan boʻlur edik).Яна уларнинг уйларининг эшикларини ҳам, ўзлари устида суяниб-ястаниб ўтирадиган сўриларни ҳам (кумушдан қилиб қўйган бўлур эдик).
Maʼlumki, moddiy narsalar odamlarga tezroq taʼsir qiladi. Bu dunyoga qiziqqan odamlar koʻproq boy-badavlat odamlardan oʻrnak olishga, ularga taqlid qilishga urinadilar. Insonni yaratgan Alloh taolo insondagi bu tabiatni yaxshi biladi va shunga binoan tadbir qiladi. Aslini olganda, bu dunyoning oʻtkinchi matohlari Alloh taolo nazdida shu qadar qadrsizki, U zot Oʻziga kufr keltiradiganlarni molu dunyo, zebu ziynatga koʻmib tashlashi hech gap emas. Istasa, oʻsha kofirlarning uylaridagi shiftlarigacha, yuqoriga chiqadigan narvon zinapoyalarigacha, eshiklariyu yotadigan soʻrilarigacha kumushdan qilib tashlaydi. Ammo, bu holni koʻrgan boshqa odamlar ham zebu ziynatga qiziqib, kofir boʻlsang, boy boʻlar ekansan deb, oʻzlarini kufrga urishlari, oqibatda hamma bir millat, yaʼni, kofir millatiga aylanib qolish xavfi paydo boʻladi. Shuning uchun, Alloh taolo bu ishni qilmaydi.