QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят42

أَوْ نُرِيَنَّكَ ٱلَّذِى وَعَدْنَـٰهُمْ فَإِنَّا عَلَيْهِم مُّقْتَدِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Biz ularga va'da qilingan narsani senga ko`rsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.Ёки Биз уларга ваъда қилинган нарсани сенга кўрсатурмиз. Бас, албатта, Биз уларга (азоб беришга) қодирмиз.Alauddin Mansour: Yoki, albatta Biz ularga vaʼda qilgan narsani (yaʼni, boshlariga tushajak azobni hayotlik chogʻingizdayok) sizga koʻrsaturmiz. Zero, Biz ularga (azob berishga) qodirdirmiz.Ёки, албатта Биз уларга ваъда қилган нарсани (яъни, бошларига тушажак азобни ҳаётлик чоғингиздаёк) сизга кўрсатурмиз. Зеро, Биз уларга (азоб беришга) қодирдирмиз.

492-sahifa · 25-juz · 50-hizb492-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوْyokiёкиنُرِيَنَّكَsenga koʻrsaturmizсенга кўрсатурмизٱلَّذِىu narsaniу нарсаниوَعَدْنَـٰهُمْularga vaʼda qilganimizуларга ваъда қилганимизفَإِنَّاbas, albatta, Bizбас, албатта, Бизعَلَيْهِمulargaуларгаمُّقْتَدِرُونَqodirmizқодирмиз
TafsirТафсир

Yaʼni, ulardan sen ketmasingdan oldin ham intiqom olishimiz mumkin. U holda: «...Biz ularga vaʼda qilingan narsani senga koʻrsaturmiz». Biz kofirlarga vaʼda qilingan azobni sen tirik boʻlgan vaqtda ham bera olamiz, sen uni koʻrasan. «Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.» Qachon xohlasak, oʻshanda azobni beramiz. Shuning uchun, koʻngling toʻq boʻlsin. Kofirlarning tasarruflariga tashvishlanib yurma.